79
Tadqiqot taqdiri metodlariga bog‘liqligi sir emas. Pedagogik tadqiqotlar metodi
agar pedagogic hodasalrning ob'ektiv mohiyatini to‘g‘ri ifodalasa, pedagogika
predmetining o‘ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, ilmiy deb e'tirof etiladi. Shu
jihatdan olib qaralganda, pedagogik tadqiqot metodlari uchun metodologik baho
zarur bo‘ladi. Afsuski, ularni yoritishga bag‘ishlangan ishlar kam, borlari ham rus
tilida, o‘zbek tilida bu soha bo‘yicha birorta yirik pedagogik
Pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi tadqiqotchining metodologik
madaniyatiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu boisdan bu tushuncha integral sifat
ko‘rsatkich hisoblanib, tadqiqotchidan o‘zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish
ko‘nikmasini, ma'lum konsepsiya (nazariya)ni ilmiy asoslash va ijodiy qo‘llash
qobiliyatini egallashni talab etadi.
Bugun har bir pedagogik tadqiqot qoidaga ko‘ra, joriy etilgunga qadar ilmiy
asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga
erishish metodlarini belgilash; iste'molchilar bilan hamkorlik o‘rnatish; uni joriy
etish shartlarni ishlab chiqish; iqtisodiy manfaatdorlik va h.q.
Dostları ilə paylaş: