Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   227
-.-

O‘quv-ishlab chiqarish majmuasi
– o‘quvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik, 
ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning 
o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishini ta’minlaydigan ta’limni tashkil etish 
shakli. 
Akademik litsey
o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, 
tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.


108 
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik
iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga 
o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi 
ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik 
litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta'lim sifatini oshirish va mazmunini 
yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga 
o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni 
amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda. 
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda 
o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda 
umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim 
maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab 
olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida» PQ-2829-son qarori qabul qilindi. 
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim vazifalari va 
faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi: 
umumta'lim maktablarining eng iste'dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning 
intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta'lim 
muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash; 
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga 
ko‘maklashuvchi, 
individual 
iste'dodlarni 
va 
har 
bir 
o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni 
egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va 
rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish; 
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda 
ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning 
mazmunini doimiy ravishda yangilab borish. 


109 
Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy 
ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy 
ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son 
Qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta'lim tizimini kelgusida 
kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi: 
har bir oliy ta'lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta'lim 
muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv 
jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, 
ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb 
etish; 
oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, 
oliy ta'lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar 
va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot 
tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan 
holda optimallashtirish; 
yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta'lim tizimiga keng tatbiq 
etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar 
bilan ta'minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima 
qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; 
pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam 
oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga 
qo‘yish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy 
magistratura dasturlari asosida o‘qitish; 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.


110 
oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'lim 
tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan 
integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati 
samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan 
shug‘ullanishga jalb etish; 
oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning 
qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va 
insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun 
mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet 
va tanqidiy munosabatni shakllantirish; 
oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-
laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini 
qurish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, 
zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy 
laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash; 
oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalari bilan ta'minlash, talabalar, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilarning 
jahondagi ilg‘or ta'lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha 
elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim 
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son 
Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-
mayda «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin