Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   227
-.-

Qo‘llash shartlari va qoidalari:
Ishontirish tarbiyalanuvchiga ta'sir etish 
metodi sifatida yuqori samara berishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi 
kerak:
1) ishontirishning shakli va mazmuni, bolalar yosh davriga mos bo‘lishi 
lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat va fantastik hikoyalar misolida, 
so‘ngra esa borliq dunyoni o‘rganish inson ma'naviy dunyosini o‘rganish);
2) ishontirish bolaning individual xususiyatlariga mos bo‘lishi va ruhiy 
qiyofasining o‘ziga xosligini e'tiborga olish lozim. Buning uchun bolalarning 
haqiqiy hayot tarzini o‘rganish zarur;
3) ishontirish umumiy tarzdagi qoida va prinsiplardan tashqari aniq dalil va 
misollarni ham o‘z ichiga olishi zarur (o‘qitishdan ko‘rgazmalilikka e'tibor berish);
4) ishontirish jarayonida ba'zi holatlarda barcha bir xil xabardor bo‘lgan dalil 
va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g‘ri keladi. Bu, o‘z navbatida dalilning 
haqqoniyligi to‘g‘risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqarishga va umumiy to‘g‘ri 
xulosa chiqarishga yordam beradi; 
5) boshqalarni ishontirar ekan, tarbiyachi yoki o‘qituvchi o‘z fikriga qat'iy 
ishonishi zarur.
Soxta ishonchni o‘zgartirishning qoidalari:
1) tinglovchini o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga 
qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o‘qishni 
xohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog‘i ko‘p o‘qiydi va biladi, ammo o‘zining 
“quruq yodlovchi” yoki “o‘ta bilimdon” qilib ko‘rsatmaydi);
2) noto‘g‘ri qarashlar va ishonch oqibatlari nimalarga olib kelishini 
ko‘rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib, o‘z hayotini barbod qilgan, 
o‘z erki, g‘ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning 


148 
uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish 
mumkin);
3) soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi tarbiyalanuvchi fikrini mantiqiy 
rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha 
tarbiyalanuvchilar o‘qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik 
nimalarga olib borishi mumkin).

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin