156
alohida inson hayotining o‘ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz
qadriyat ekanligini e'tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o‘z-o‘zini
realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya
e'tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka
erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida
namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ularni amalga
oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va
insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga
asoslangan insonparvar munosabatlarni o‘rnatish jarayonida sodir bo‘ladi.
Asosida ta'limga yangicha yondashuv yotadigan g‘oyalarning
rivojlanishida
psixologlar ham muhim hissa qo‘shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson
rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta'limot,
shaxsning hayotiy
faoliyatdagi vazifalari,
fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining
rivojlanishi, o‘quv faoliyati jarayonida uning psixik
rivojlanish qonuniyatlari
haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir.
Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta'limiy, tarbiyaviy), ta'limning
bosh maqsadi – madaniyatga yondashuvga, o‘quv-tarbiya
jarayoni doirasida hal
etiladigan vazifalariga, pedagog va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro ta'sir etish
tavsifiga ko‘ra paradigmalar farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: