Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


-§. DIDAKTIKA – TA'LIM NAZARIYASI. O‘QITIS’H JARAYONI



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227
-.-

7-§. DIDAKTIKA – TA'LIM NAZARIYASI. O‘QITIS’H JARAYONI 
YAXLIT TIZIM SIFATIDA 
REJA: 
1.Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida 
2.Zamonaviy ta'lim paradigmalari 
3. O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari
 
4. Ta'lim tamoyillari
 
 
Tayanch tushunchalar: 
didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning 
asosiy kategoriyalari, ta'lim paradigmalari,
 
ta'lim qoninuyatlari, ta'lim 
tamoyillari.
 
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Globallashuv sari 
borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez 
moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili 
hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim 
tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari 
mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy 
o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita 
bog‘liqdir

Didaktika- 
(
yunon tilida: «didaske»-”o‘qitaman, o‘rgataman”
)
pedagogika 
nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy 
qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta'lim 
nazariyasi» ma'nosini anglatadi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571–1635) fanga kiritgan, deb 
hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u fanni nazariy va metodologik asoslarini 
tadqiq qiladigan ilmiy sohani tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari 
ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida 
Didaktika 
– ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va 
vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi. 


153 
«Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma 
narsaga o‘rgatish san'ati» deb tushuntirdi. 
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilarning 
maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu 
jarayonlarning tahliliga e'tibor qarataylik. Ta'limda o‘qituvchining boshqaruvchilik 
roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, 
insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik 
hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib 
qo‘yadi. 
Bularning barchasi o‘qituvchining ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi 
vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib 
chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilariga qo‘lga 
kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar 
bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o‘quvchilarda dunyoqarash va axloq 
normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish 
faolligini oshiradi. O‘qituvchining faoliyati o‘quvchi shaxsining maqsadga 
muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, 
butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o‘quvchilar bilan 
birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O‘quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda 
yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim jarayonini tashxis qiladi. 
O‘z navbatida o‘quvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim, 
ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga 
tayyorlashga yo‘naltiradi. Ta'lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati ko‘p qirrali 
yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda 
ularga katta yordam beradi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin