Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


O‘qituvchining obro‘ orttira olish qobiliyati



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   227
-.-

O‘qituvchining obro‘ orttira olish qobiliyati
– o‘z fanining chuqur 
bilimdoni, dunyoqarashi keng, mohir pedagog sifatida o‘quvchilarga bevosita 
ruhiy, emotsional- irodaviy ta'sir ko‘rsata olish mahoratidir. O‘qituvchi o‘z 
obro‘sini qat'iyatliligi, jonkuyarligi, o‘z ishining fidoiysi, mehribonligi, pedagogik 
nazokati, yuqori ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligi bilan ham qozonadi. Avtoritar 
qobiliyatlar o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlari (eruditsiya, 
dadillik, chidamlilik, odillik, qat'iylik, talabchanlik, empatiyaga moyillik va 
boshqalar)ga ham bog‘liq. 
O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati
tevarak-atrofdagilar bilan 
muloqatga kirishuvchanlik, shirinso‘xanlik, to‘g‘ri muomala qila bilish, bolalar 
qalbiga yo‘l topib, ularga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan 
juda samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilishdir. Pedagogik nazokat va 
kommunikativ qobiliyatga ega bo‘lmagan o‘qituvchi bolalar qalbiga yo‘l topishi 
o‘ta mushkuldir. 
O‘qituvchining bashoratchilik
(
istiqbolni ko‘ra bilish) qobiliyati
– 
rejalashtirilgan ta'lim-tarbiya jarayonidan kutiladigan natijani oldindan bilish, 
tarbiyalanuvchining kelajakda qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan 
bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, o‘quvchi shaxsining qanday 
fazilatlarini taraqqiy etishini bashorat eta olishda ifodalanadigan mahoratdir. Bu 
qobiliyat pedagogik optimizm (kelajakka ishonch), tarbiya qudrati, insonga inonish 
bilan bog‘liq bo‘ladi. 
O‘qituvchining diqqatni taqsimlash qobiliyati
– ta'lim-tarbiya jarayonida 
o‘qituvchi tomonidan diqqatning barcha tarkibiy tuzilmalari: hajmi, uzoq va yaqin 
muddatliligi, kuchi, kuchuvchanligining idora qilish va pedagogik faoliyatning bir 
qancha turlari o‘rtasida taqsimlash mahoratidir. Tajribali o‘qituvchi o‘quv 
materialini taqdim qilar ekan, dars maqsadi, mazmuni, shakli, vaqt taqsimlanishi, 
o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasini e'tibordan chetda qoldirmaydi va 


325 
ayni paytda ularning mashg‘ulot mobaynidagi ruhiy holati (toliqish, loqaydlik
e'tiborsizlik, tushkunlik alomatlari)ni hushyorlik bilan kuzatib boradi. Tajribasiz 
o‘qituvchi ayrim hollarda o‘quv materialini bayon qilishga berilib, o‘quvchilarning 
darsdagi holati (intizomi, ruhiyati)ni diqqat- e'tiboridan chetda qoldiradi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin