52
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar
keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning
ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik
darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda
yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi.
Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon
sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga
muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati,
iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi.
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Inson
organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz
reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya
fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak
baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik
oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk ) odam bolasi ona
pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, degan
fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,-
degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o'sishini
ham irsiyatga bog'laydi.Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: