59
qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini
belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan
preformizm
oqimi namoyandalari esa
shaxs rivojlanishidagi naslning
roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va
tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim –
bixeviorizm
XX asr boshlarida yuzaga
kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib,
insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Pragmatizm
oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe
ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat
miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan
belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy,
psixik rivojlanishi u
yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Muhit
deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-dilar. Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar,
psixolog va
faylasuflar ta'limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab
voqyelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga
bog‘liq, deb hisoblaydilar.
60
Falsafiy-antropologik yondashuv o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy
funksiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma'naviy dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu
sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik
yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini
tushunish asosida
ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi.
Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta'lim-tarbiya jarayonining barcha
subektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida
qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab
etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur
mavjudlik usulini uzluksiz
ravishda o‘z-o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida
aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu
tarbiya
orqali amalga
oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi,
mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs
kamolga etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo‘qotish
mumkin.
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va
uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega
bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har
tomonlama
rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir
Dostları ilə paylaş: