153
«Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma
narsaga o‘rgatish san'ati» deb tushuntirdi.
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilarning
maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu
jarayonlarning tahliliga e'tibor qarataylik. Ta'limda o‘qituvchining boshqaruvchilik
roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini,
insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik
hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib
qo‘yadi.
Bularning barchasi o‘qituvchining ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib
chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilariga qo‘lga
kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar
bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o‘quvchilarda dunyoqarash va axloq
normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish
faolligini oshiradi. O‘qituvchining faoliyati o‘quvchi shaxsining maqsadga
muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak,
butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o‘quvchilar bilan
birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O‘quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda
yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim jarayonini tashxis qiladi.
O‘z navbatida o‘quvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim,
ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga
tayyorlashga yo‘naltiradi. Ta'lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati ko‘p qirrali
yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda
ularga katta yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: