Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Ta'lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   226
-.-

Ta'lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. 
Bu 
tamoyil ta'lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq 
bir o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga 
olishni ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta ta'lim mazmunini loyihalashtirish 
jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u 
bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. 
Ta'lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili.
Bu tamoyil 
ta'lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, 
o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi komponentlarining 
o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi. 
Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili
. Bu tamoyil birinchi 
navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va 
amaliy o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning 
uchun insonparvar g‘oyalar umumiy ta'lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa 
o‘z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va 
o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini 
shaxsga yo‘nalganlik tashkil etishi zarur. 
Ta'lim 
mazmunini 
fundamentallashtirish 
tamoyili
ta'limni 
insonparvarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi. U ijtimoiy-


180 
gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va 
fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat 
metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
Ta'lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. 
Mazkur
 
tamoyil ta'lim 
mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, 
bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib 
chiqadi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin