219
(obektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik
(obektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining
ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do‘stona munosabati
hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan
mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat
metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat'iy
nazar hamma
vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash
nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok
etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.
Tizimlilik barcha ta'lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan
birinchi kundan
boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta'lim
oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish
uchun ta'lim nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis
o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadiki,
bunda nazorat, tekshirish,
baholashning turli shakllari,
metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va
birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning
ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik)
tamoyili avvalo barcha ta'lim oluvchilarni aynan
bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida
belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega.
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalashni talab
etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta'lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga
qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni
amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e'lon qilish,
ularni
manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni
tuzatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat
220
qilishning qo‘yidagi
turlaridan
foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy
nazorat.
Joriy nazorat
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning har bir o‘quv ishini
muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib
borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv
faoliyati bo‘yicha tezkor ma'lumotlar bilan ta'minlaydi, o‘qitish
jarayonini
boshqarishda yaxshi natija beradi, o‘zlashtirmagan o‘quvchilarni o‘z vaqtida
aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: