85
istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish mumkin. Pedagogik
suhbat oddiy suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki
olamini o‘rganish,
uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish
imkoniyati tug‘iladi.
Ta'lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda,
takomillashtirishda
yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida
suhbat uslubidan foydalaniladi.
Suhbat metodi
– ta'lim muassasasi o‘qituvchilari
va tahsil oluvchilar
jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish
olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi,
uni amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga
kelinadi. Bu metod so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan
bevosita
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi.
Suhbat metodidan farq qilib,
intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li
bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki
kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va
amaliyotida intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud:
- guruhlar
bilan ishlash;
- intensiv, rivojlantiruvchi;
- sinash va boshqalar.
Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodi
–
tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki
hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan
muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. So‘rash
savollari mantiqiy
izchillikda, nazokatli shaklda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar
aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga
mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga, qat'iy
shaklda:«ha»,
«yo‘q»
tarzida
ham
javob
olinadi.
So‘rashning
modifikatsiyalashtirilgan shakli –
Dostları ilə paylaş: