Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   226
-.-

O‘qituvchining nutq qobiliyati
- nutq yordamida, shuningdek imo - ishoralar 
vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. 
O‘qituvchi nutqidagi ravonlik, o‘z fikrini aniq ifoda etish o‘qituvchilik kasbi uchun 
juda muhimdir. Darsda o‘qituvchi nutqi hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi.
Fikrlar ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, ravon, tushunarli bo‘lishi 
shart. O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada 
faollashtirishga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtirish va diqqatini 
jamlash maqsadida muayyan so‘z va iboralar qo‘llaydi. O‘qituvchi uzundan uzoq 
jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, qiyin, tumtoq iboralarni qo‘llashdan qochishi 
lozim. O‘rinli yumor, hazil-mutoyiba, yengilgina istehzo nutqni jonlantiradi, bu 
nutqni o‘quvchilar yaxshi qabul qiladilar. 
O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, emotsional - obrazli, talaffuzi jihatidan 
erkin ifodali, his - hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar 
uchramasligi lozim. Bir maromdagi cho‘ziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez 
charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib, fanga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. O‘quvchi 
o‘zatilayotgan axborotni yaxshi qabul qilishi uchun o‘rtacha, jonli nutq samarali 
natija beradi. Haddan tashqari keskin va baland tovushdagi nutq o‘quvchilar 
asabiga tegadi, ularni toliqtiradi.
O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o‘quvchilar javobini tahlil 
qilayotgan, ma'qullayotgan yoki qoralayotgan paytda ham uning nutqi hamisha 
o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan 
ajralib turishi lozim. 
O‘qituvchining
t
ashkilotchilik qobiliyati
- o‘quvchilar jamoasini 
jipslashtirish, ular ishiga rahbarlik qilish, muhim vazifalarni bajarishda 
ruhlantirish, ta'lim-tarbiyani oqilona tashkil etishni nazarda tutadi. 
O‘qituvchi reja asosida ta'lim-tarbiyani tashkil etib, belgilangan vazifalar 
qay darajada bajarilganini nazorat qilishi, vaqtdan unumli foydalanib, uni oqilona 
taqsimlay olishi, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning o‘zlashtirilishini monitoring 
qilishi pedagogik jarayonning samarali kechishiga zamin yaratadi. 


324 
Pedagogik vaziyatdan kelib chiqib, dars davomida ortiqcha vaqt sarflash 
holati sodir bo‘lishi mumkin, ammo tajribali o‘qituvchi bunday hollarda darsning 
rejasini samarali o‘zgartira oladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin