Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
-.-

 
 
О’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019–yil “2“ noyabrdagi “1023” – 
sonli buyrug’iga asosan Umumiy pedagogika o’quv qo’llanmasiga O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi. 
 
 
ISBN 978-9943-7072-4-5 
 
 
 
 



KIRISH 
 

Ta'lim jarayonini innovatsion tashkil etishda pedagogika sohasidagi 
bilimlardan foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llash metodlarini takomillashtirish 
bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Singapur, 
Janubiy Koreya kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ta'lim sohasini 
modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, o‘qitishning didaktik 
asoslarini global strategiyalar sifatida pedagogik amaliyotga tatbiq etish 
tendensiyalari kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ta'lim eng noyob kapital 
sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda uzluksiz ta'limning barcha 
bosqichlarida “ta'lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, 
erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy 
etish» dolzarb vazifa etib belgilandi
1

Jahonda va mamlakatimizda ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlaydigan asosiy 
kuch sifatida e'tirof etilib, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ta'lim jarayonini 
innovatsion tashkil etish, pedagogik diagnostika metodlaridan optimal foydalanish
strategiyalari samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish orqali tahsil 
oluvchilar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta'lim olish imkoniyatini yaratish 
alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu esa, har tomonlama yetuk, komil insonni 
shakllantirish masalasining ko‘p qirrali va murakkabligi pedagogikaning hozirgi 
zamon ta'lim nazariyasi va amaliyoti uchun muhimligini ko‘rsatib beradi. Bu vazifa 
o‘qituvchi mahorati, uning yetukligi, chuqur kasbiy bilimi, ko‘nikma va malakasi, 
maxsus bilimi orqali amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. 
Uzluksiz ta'lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik 
qobiliyatiga ega, kasbiy va hayotiy muammolarni
 
mustaqil hal qila oladigan, yangi
texnika va texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli kadrlarni tayyorlashda 
pedagogika sohasidagi bilimlardan foydalanish strategiyalarini takomillashtirishni 
taqozo etmoqda. 
1
Incheon declaration/ Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for 
all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).



Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq uzluksiz ta'lim tizimidagi 
islohotlar ta'lim jarayonlarini innovatsion tashkil etish va boshqarish 
mexanizmlarini takomillashtirishga, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va zamonaviy talablarga mos keladigan
demokratik tamoyillarga asoslangan modernizatsiyalashgan ta'lim boshqaruvini 
tashkil etishga imkoniyat yaratildi. Ayni paytda nopedagogik oliy ta'lim 
muassasalarida tahsil olayotgan, o‘zining kelajakdagi kasbini pedagogika sohasi 
bilan bog‘lovchi talabalarga innovatsion ta'lim mazmunini ilmiy asosda o‘rgatish, 
uning tashkiliy va texnologik asoslarini loyihalash, kelajakda rivojlanish 
tendensiyalarini ishlab chiqishga o‘rgatishga zarurat tug‘ilmoqda. Bu borada 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar asosida yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlash, ilmiy va amaliy natijalarni amaliyotga joriy etishning samarali 
mexanizmlarini yaratish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va 
rivojlantirish, ijodkorlik g‘oyalariga asoslangan kasbiy salohiyat va insoniy 
sifatlarga ega bo‘lish, pedagogik faoliyatni innovatsion tashkil qilish, 
tarbiyalayotgan yoshlarda intellektual sifatlar bilan birga yuksak ma'naviy 
madaniyatni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish muammolarining 
yechimini topish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy hayot sohalarida sodir 
bo‘layotgan voqyea-hodisalarni to‘g‘ri talqin qilishda, murakkab pedagogik 
jarayonlarning yechimini topishda fan o‘rnatgan qonun-qoidalar, tamoyillar zarur 
bo‘ladi. Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ajdodlarimiz 
tomonidan yaratilgan ma'naviy-madaniy, diniy merosimizni avaylab, bilim va 
ko‘nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda, yangicha mantiqiy fikrlash malakasini 
shakllantirishda pedagogikaning ahamiyati salmoqlidir.
Ma’lumki, har bir mustaqil fan o‘zining 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin