Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226
-.-

Pedagogika 
- ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim 
standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni 
boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, 
vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan 
natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fandir.
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimidagi fan sifatida yosh avlod hamda kattalarni 
milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini 
o‘rganadi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari 
hisoblanmish O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida 
ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta 
mas'uliyatli, ulug'vor vazifalarni yukladi. 
1997 yilning 29 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’grisidagi»gi Qonuni va 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami. 2017 yil, 6-son. 


11 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta’lim -tarbiya va kadrlar 
tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo’l-yo’riqlar ko’rsatib berildi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy 
pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul 
qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o'tkazishga zamin yaratdi. 
Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini bir-
biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish, 
ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar 
talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi. 
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va 
tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va 
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Didaktika
(ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko 
«o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va 
qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, 
mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish 
yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin