Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226
-.-

Ma'lumot
- ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim
hosil qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar 
majmuidir. Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi 
pedagogik jarayonda sodir bo‘ladi.
Pedagogik jarayon – pedagogik kategoriyalardan biri bo‘lib, ma'lum bir 
maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta'sirida tashkiliy 
shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda “...tarbiyachining yo'naltiruvchi 
va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida tarbiyalanuvchining o'z-o'zini taraqqiy 
ettirishidir”

Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga 
muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, katta 
yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turidir.
O‘z-o‘zini anglash – shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun
jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish. Taniqli rejisser K. Stanislavskiyning: “ 
Teatr qaerdan boshlanadi? –Albatta, – kiyim ilish joylaridan boshlanadi”,-degan 
iborasi mashhur bo‘lsa, pedagogikada - “pedagogik faoliyat – oiladan boshlanadi”, 
deyish mumkin. 
Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy 
bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga 
qamrab oldi va o‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. 
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda uzluksiz ta'lim 
tizimida, pedagogika fanining umumiy va metodologik asoslari va mazmunida 
7
Tursunov I. I. , Nishonaliev U. N. Pedagogikai. - Toshkent: "O'qituvchi",2007.- 17-bet.


19 
ta'lim-tarbiya 
nazariyasida, 
ta'limning 
tashkiliy 
shakllarida, 
shaxsning 
barakamollik darajasi hamda sifatlarini aniqlashda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 
Bu o‘z navbatida innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim-
tarbiya jarayoniga tatbiq etishga yo‘l ochdi. 
Bugun mamlakatimizda ko‘plab o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar 
targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas
balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka, 
erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari 
tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol 
g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy 
pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini
qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim 
sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va 
kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish, 
ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi. “Faqatgina 
zamonaviy 
asnoda 
ta'lim-tarbiya 
olgan, 
jahonning 
manaman 
degan 
mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy 
jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi 
bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi
8
”. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining milliy 
ma'naviyatida insonparvarlik, bilimdonlik, axloqiylik, vatanparvarlik, ilmga 
chanqoqlik, bunyodkorlikka, ijodkorlikka intilish fazilatlari yetakchi o‘rinda 
turadi. Bugungi kunda respublikamiz yoshlari orasidan jahon olimpiada g‘oliblari, 
“Nihol” mukofoti sovrindorlari, sport sohasidagi g‘oliblar, davlat va nomdor 
stipendiatlarining yetishib chiqishi mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga e'tibor kuchli 
ekanligidan dalolat beradi. Yosh avlodga ta'lim berayotgan o‘qituvchilar bugungi 
kunda o‘zlari zamonaviy ta'lim-tarbiya sirlaridan voqif bo‘lishlari, innovatsion 
texnologiyalarni egallagan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan oqilona 
8
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir . - Toshkent: 
Ozbekiston, NMIU, 2015. -255-bet 


20 
foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shu jihatdan olganda, 
pedagogika aynan shu dolzarb masalalarning yechimini topishga yordam beradi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin