Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   226
-.-

Maktabgacha ta’lim vazirligi
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil
30-sentabrdagi PF-5198-son 
Farmoni
va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son 
qaroriga
 
muvofiq amalga oshiradi. 


103 
farmonda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 
asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi: 
birinchidan, maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish 
va amalga oshirish; 
ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi 
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish 
uchun shart-sharoitlar yaratish; 
uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari 
orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning 
maktabgacha ta'lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini 
ta'minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan 
subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta'limi va tarbiyasining 
muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish; 
to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va 
tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta'lim-tarbiya jarayoniga, shu 
jumladan nodavlat sektorida joriy etish; 
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan 
kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin 
va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta'lim muassasalarini 
ta'minlash; 
oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan 
holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini 
professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta'lim muassasalari 
rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
yettinchidan, 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasalari 
xodimlarini 
moddiy 
rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan 
puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya 
jarayoniga jalb qilish; 
sakkizinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi-larining 
ratsional va belgilangan me'yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini 


104 
ta'minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi 
mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy 
taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish; 
to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 
birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish 
hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-
tadbirlarini muvofiqlashtirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston 
respublikasi Xalq ta'limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-
3304-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi 
vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin