Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   226
-.-

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi. 
Yoshlarni 
Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy 
bilimlarini egallashga bo‘lgantalablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora 
boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur 
bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin 
emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib 
xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali tahsil oluvchilar go‘zal 
axloq, baxt, insof, poklik, meqr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari qaqida 
keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik - o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi 
axloqiy xususiyatlarini, do‘stlik, ota - onaga sadoqatlilik, meqnatsevarlik, 
diyonatlilik kabi fazilatlarni hamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi 
fazilatlar avloddan - avlodga ko‘chib kelgan. 
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg‘unligi va 
uzluksizlik yo‘nalishi.
Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiya uzoq davom 
etadigan jarayon, shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga
rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarni 
birgalikda ish ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, 
balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
Tarbiyaning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning 
rivojlanishiga bog‘liq. Bo‘lajak mutaxassisda ma`naviy va insoniy sifatlarning 
shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat mo‘him o‘rin 
egallaydi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining 
qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.


124 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin