Universiteti huzuridagi



Yüklə 0,86 Mb.
tarix16.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#144384
nigoraxon



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI
UNIVERSITETI HUZURIDAGI

MARG`ILON KO`P TARMOQLI
TEXNIKUMI
Kompyuter injiniringi yo`nalishi
2-22-guruh talabasi
Toshxo`jayeva Nigoraxonning
Kompyuter tarmoqlari fanidan
Tarmoq modeli tushunchasi”
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI

Tayyorladi: Toshxo`jayeva Nigoraxon

Qabul qildi: Madaminova Azizaxon

Mavzu:Tarmoq modeli tushunchasi
Reja:

1. Tarmoq tushunchasi


2. Tarmoq komponentlari
3. Tarmoq turlari
4. OSI va TCP/IP modeli
5. Xulosa

1. Tarmoq tushunchasi


"Tarmoq" tushunchasi haqida qisqacha tushunchalar
TARMOQ

Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
TARMOQ KOMPONENTALARI

  1. Qurilma:
    a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);




b) Oraliq qurilmalari (router, switch, hub va h.k);

2. Vosita (ulanish usuli):
a) mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar;
2) koaksial;

b) Optik kabel:
1)bir modali – magistralda ishlatiladi;
2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;

c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);


3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k)
TARMOQ TURLARI

  1. PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.

  2. LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.

  3. CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi.

  4. MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.

  5. WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet).

OSI va TCP/IP
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:


OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. TCP/IP stek protokollari tuzilishi:

Bundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi:


Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tarmoq tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim. Bu tushunchalar asosiylaridan bir nechtasi hisoblanadi holos.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. www.google.uz

  2. www.kitob.uz

  3. fayllar.org

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin