zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomda belgilangan majburiy zaxiralarni
deponentlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar
ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‘tkaziladi.
Majburiy
rezerv talablarining me’yorlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi
ko‘rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki
miqdoriga doir yangi me’yorlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart.
Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul
qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob qilishda chet el valutasidagi mablag‘lar, jismoniy
shaxslar depozitlari, depozit va jamg‘arma sertifi katlari,
ipoteka obligatsiyalari
chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni
deponentlash bank vakillik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li
bilan
amalga oshiriladi. Majburiy zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga
ruxsat etilmaydi. Bank majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish
to‘g‘risidagi 28-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda
bu bankdan yetishmayotgan mablag‘
summasini, shuningdek, qayta moliyaviy
ta’minlashning ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi.
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki,
u tijorat
banklaridan veksellarni sotib oladi. Misol uchun, mol sotib oluvchi korxonaning
yetkazib berilgan mollari ning haqini to‘lash uchun mablag‘i yetarli bo‘lmasa, u tovar
uchun to‘lovni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘g‘risida veksel berishi
mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan vaqtda u vekselni tijorat
bankiga sotish huquqiga ega. Tijorat banki vekselni sotib olganda, unda ko‘rsatilgan
summa dan kam summaga sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki vekselni Markaziy
bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum
foiz-hisob stavkasini ushlab qoladi. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy
bankn ing hisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning
hisob stavkasi tijorat
banklari o‘rnatadigan hisob stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat
banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori bo‘ladi.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati bu
to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog‘ozlarni garovga
olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish
operatsiyasi quyidagi usullarda olib boriladi:
–
tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan
kreditlash;
–
tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan
kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi;
–
to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli.
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan hollarda ular
Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan
foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit
munosabatlarining holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib
bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi. O‘zbekiston
Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi aktivlarni garovga
olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatga kreditlar berishi mumkin:
–
oltin, chet el valutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari va
boshqa boyliklar;
–
davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolat-langan boshqa
qarz vositalari.
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning
depozitariysi uchun maqbul
bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan ushbu
qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar to‘lanishiga
banklar asosida kreditlar berishi mumkin.
Bank faoliyatida tavakkalchilikning iqtisodiy asoslangan chegaralardan chiqib
ketmasligi bank sistemasi barqaror ishlashining muhim shartidir. Tavakkalchilik
doiralarini cheklab qo‘yish Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun rioya
etilishi majb uriy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni belgilab qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisod iy me’yorlarni, shu jumladan:
–
kapitalning yetarlilik koeffi tsiyentini;
–
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor
qarz oluvchilar guru-higa
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
–
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;
–
likvidlilik koeffi tsiyentlari va boshqalarni belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin
e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari banklarga oid qonun hujjatlarini, belgilab
qo‘yilgan iqtisodiy me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav
kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizigacha
jarima undirish yoxud ayrim
operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga
ega.
Dostları ilə paylaş: