Pul tizimining rivojlanish bosqichlari va ularga tavsifi.
Pul kashf etilguniga qadar odamlar (ya’ni turli jamiyat vakillari) mahsulotga mahsulot ayirboshlash usuli (barter)dan foydalanishgan va bu jamiyatdagi o’zaro almashinuvga asoslangan savdoning eng birinchi va sodda shakli hisoblanadi. Lekin ikki tomonning istak va ehtiyojlar bir-biriga mos kelmasa, bu savdo usuli ish bermaydi. Pul ana shu cheklovni yengib o’tish maqsadida muomalaga kiritilgan. Avvaliga odamlar ayirboshlash uchun bozorda xaridorgir bo’lgan arpa, kakao donlari, makkajo’xori, guruch va shunga o’xshash boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishgan. Keyinchalik savdoga oltin va kumush to’lov birligi («bimetallizm») sifatida kirib kelgan va keng tarqalgan. Odatda ushbu ikki metall tangalar shaklida qo’yilgan. Oltin ham, kumush ham uzoq muddat muomalada bo’la olgani, ixcham va kamroq miqdorga osongina taqsimlanish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun jamiyatda juda ommalashgan.
Shu xususiyatlari sabab, asrlar davomida oltin qiymat jamg’aruvchi sifatida boylikni saqlashning qulay vositasi ham hisoblangan. Oltin miqdori cheklangan bo’lib tabiiy ravishda qimmat, kumush esa oltindan arzon va miqdori ko’p bo’lgani uchun
«likvid» (ya’ni doimiy ravishda sotiluvchi va sotib olinuvchi, ya’ni qisqa muddatda ko’p marta qo’ldan qo’lga o’tuvchi) pul birligi sanalgan va odatda kundalik savdo uchun foydalanilgan.
Qiymati va hajmi sabab ko’pchilik foydalanuvchilar oltin tangalarini saqlashda zargarlarga ishonishgan, chunki eng xavfsiz saqlash tizimi zargarlarda bo’lgan. Shunday qilib, bu xavfsiz joylar «pul omborlari»ga aylangan. Oltindan foydanuvchilar o’rtasidagi o’tkazmalarni osonlashtirish maqsadida zargarlar tomonidan oltin tilxatlari muomalaga kiritilgan. Vaqt o’tishi bilan jamiyatda zargarlar tomonidan taqdim qilingan oltin guvohnomalar (sertifikatlar) oltin kabi qiymatga ega deya tan olingan. Shunday qilib, ushbu “ramziy pullar” pul rivojlanishining ikkinchi bosqichi sifatida namoyon bo’lgan.
Daromadlarini oshirish maqsadida zargarlar ularga saqlashga berilgan va vaqtincha foydalanilmayotgan oltinlarni odamlarga qarzga berishni boshlashgan va ular (ya’ni zargarlar) asta sekin omonatchilar va qarzdorlar o’rtasidagi vositachiga aylanishgan. Zargarlar qarzdorlardan foiz undirishar va o’z omonatchilariga oltinlarini saqlashda davom etganliklari uchun kamroq foiz (omonat foizi) to’lashardi.
Har yili oltinning ozgina qismigina (hisob-kitoblarga ko’ra, 15 foizga yaqini) omonatchilar tarafidan qaytarib olingan, katta qismi esa omborxonalarda saqlanishda davom etgan. Zargarlar esa yanada ko’proq daromad olish maqsadida, o’zlarida saqlanayotgan oltin miqdoridan ko’ra ko’proq miqdordagi oltin uchun qarz tilxatlari shaklidagi pattalar (kvitansiyalar) berishni boshlashgan.
Buni, qog’oz va kredit pullar yaratishning ilk namunasi deyish mumkin. Iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanuvchi pul, doimiy muhokamalarning dolzarb mavzusi bo’lib kelgan. Charxpalak suvsiz ishlamagani kabi iqtisodiyot ham pulsiz ishlamaydi. Pul deganda mahsulot va xizmatlari uchun to’lov vositasi sifatida qabul qilingan narsa tushuniladi. Bugungi kunga kelib qog’oz pullar butun dunyoda keng tarqalgan to’lov vositasi. Pulning eng muhim hisoblanuvchi uchta asosiy vazifasini tushunib olishga harakat qilamiz: Ayirboshlash (almashuv) vositasi (bu vazifasi mavjud bo’lmaganida barcha operatsiyalar barter ko’rinishida o’tkazilardi);
Qiymat jamg’aruvchi (ya’ni boshqa ko’plab aktivlar singari u ham vaqt o’tishi
bilan o’z qiymatini saqlab turadi, biroq pul boshqa aktivlarga qaraganda ko’proq likvidlikka ega);
Qiymat o’lchovi (barcha mahsulot va xizmatlarning qiymati pulda aks etadi. U mahsulot va xizmatlarning pulda aks etishida umumiy muvofiqlashtiruvchi birlik bo’lib xizmat qiladi).
Pulning bugungi kundagi holatga yetgunicha bo’lgan rivojlanish taraqqiyot bosqichlari (evolyutsiyasi):
Mahsulot (ko’rinishidagi) bosqichi: pul, qachonlardir mo’yna, arpa, guruch va keyinchalik oltin va kumush kabi qimmatli mahsulot buyumlar ko’rinishida mavjud bo’lgan;
Savdo mahsuloti pullari bosqichi: pul, bu bosqichda qog’oz pullarga aylangan, biroq bu pullar oltin bilan ta’minlangan va haqiqatan ham ularni istalgan vaqtda oltinga almashtirib olish mumkin bo’lgan;
Qog’oz pul bosqichi: qog’oz va elektron pullar hamma joyda tarqalgan, biroq bu pullar haddan tashqari qadsizlanib ketmasligi uchun ularni o’ta ko’p miqdorda bosib chiqarmaslik haqidagi hukumat va’dasidan tashqari hech narsa bilan mustahkamlanmagan.
Qog’oz pullar. Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin:
bosqich — tangalarning uzoq vaqt muomalada bo’lishi, qo’ldan qo’lga o’tishi natijasida yemirilishi;
bosqich — tanganing metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalarning metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi. Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarishning qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo’lgan;
bosqich — davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.
Xitoyda bizning davrimizning 800-yillarida paydo bo’lgan. Metall tangalarni uzoq masofalarga tashish juda qiyin edi, shuning uchun hukumat qog’oz pullarni muomalaga chiqaradi. Savdogarlar tangalar bilan emas, balki "qattiq" pulga oson almashtirilgan maxsus sertifikatlar bilan to’lashni boshlashdi. Ushbu guvohnomalarda odamlar, daraxtlar, mansabdor shaxslar o’z imzolari va muhrlarini qo’yishgan. Qog’oz pullardan foydalanish juda oson. Tangalar bilan taqqoslaganda, ularni saqlash oson va hisob-kitoblar uchun qulay. Qog’oz pullar maxsus belgilar bilan himoyalangan, masalan, suv belgilari, turli xil ranglar sxemalari va boshqalar. Bu davlat pullarini himoya qilishdir. Bunday pulni soxtalashtirish juda qiyin. Qog’oz pullar ikkita funksiyaga ega: almashinuv vositasi va to’lov vositasi. Ularni oltinga almashtirish mumkin emas, shuning uchun ular muomaladan chiqmaydi. Ba’zida davlat naqd pul yetishmasligini boshdan kechirayotgani sababli qog’oz pullarni ko’proq chiqaradi. Ammo, agar siz mamlakatda tovar aylanishini hisobga olmasangiz, bu xavfli bo’lishi mumkin. Natijada qog’oz pul muomalada "qotib qoladi" va ularning qadrsizlanishi sodir bo’ladi. Shunday qilib, qog’oz pullarning mohiyati shundaki, ular davlat tomonidan chiqarilgan, oltinga almashtirilmagan va ma’lum qiymatga ega. Qadimgi qog’oz pullar qirralari yigirma-o’ttiz santimetr bo’lgan katta to’rtburchaklar shaklidagi choyshablar bo’lgan. Qog’oz pullarni G’arbga Xitoydan qaytayotgan sayohatchilar
olib kelishgan.
Kredit pulning bozordagi qadri faqat to’lov kafolati va qisman likvidlik va spekulyatsiya komponentlaridan tashkil topib, u tub qiymatga ega emas. Odatda kredit pulni bir bo’lak qog’oz yoki elektron kiritilgan yozuv ko’rinishida uchratish mumkin va ushbu qog’oz yoki elektron yozuv faqatgina va’da beruvchining kelajakda tovar yoki xizmat yetkazib berish uchun yozilgan kafolatini ifodalaydi xolos. Misol uchun bozor ishtirokchilaridan biri bozorga xaltalab bug’doy ko’tarib borishga erinib, bir tanishining qo’liga kelasi yili senga 50 kg bug’doy beraman degan ma’nodagi kafolat xatini tutqazadi va undan bitta toychoq sotib oladi. Kafolat xatini bergan odamni orolda hamma yaxshi tanigani va u qarzlarini hamma vaqt o’z vaqtida qaytarishiga hamma ishonganligi sababli, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan ham o’zining kafolat xati vositasida savdo amalga oshira boshlaydi. Buning qulayligini ko’rgan orolning boshqa obro’li fuqarolari ham kafolat xatlari orqali savdo qilishni boshlashadi. Shu tariqa bozorda qog’oz pullar (kafolat xatlari) bilan savdo qilish urfga aylanadi. Ko’rib turganingizdek kredit pul tub qiymatga ega emas. Agarda kafolat xatining egasi qarzini to’lashdan bosh tortadigan bo’lsa, kredit pulning qadri faqat bir bo’lak qog’ozga teng bolib qoladi. Ishlab chiqarish va tovar aylanmaning rivojlanishi, metall pullarning yetishmasligi kredit munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov aylanmaning ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda, kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb, kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. Kredit pullar o’zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel - bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o’tkazma veksel - tratta) ko’rsatilgan summani, ko’rsatilgan vaqtda va joyda to’lash to’g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi. Tijorat veksellarning oddiy va o’tkazma turlari mavjud. Undan tashqari, ma’lum summani qarzga berish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy veksellar mavjud. Moliyaviy vekselning bir turi xazina veksellari bo’lib, ularda davlat qarzdor sifatida ishtirok qiladi. Yana veksellarning o’rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud.
Banknota — kredit pullarning yetakchi vakillaridan bo’lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo’li bilan chiqariladi. O’tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo’lib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, o’rniga unda ko’rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo’lgan.
Veksel banknotadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
-Veksel ma’lum muddatni o’zida ifodalaydi (3—6 oy muddatga ega bo’lgan veksel),
Banknota ma’lum muddat bilan chegaralanmaydi;
-Veksel bo’yicha vekselni bergan tomon uni to’lashni kafolatlasa, banknotada uni to’lashni davlat (davlat banki) kafolatlaydi.
Banknota qog’oz pullardan quyidagilar bilan farq qiladi:
-kelib chiqishi bo’yicha qog’oz pullar, asosan, muomala vositasi funksiyasini bajarish asosida, banknotalar to’lov vositasi funksiyasi asosida kelib chiqqan; -
almashinuvi bo’yicha, banknotalar oldin oltin va kumushga almashtirilgan, qog’oz pullar esa metallarga hech qachon almashtirilmagan;
-emissiya qilinishi bo’yicha, qog’oz pullarning banknotalardan farqi bo’lgan (xazina biletlarini Moliya vazirligi, banknotalarni Markaziy bank chiqargan) va hokazo. Hozirgi zamon banknotalari, albatta, oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo’llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:
-xo’jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;
-davlatni kreditlash. Ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi;
-aktiv to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlarda rasmiy valuta zaxiralarining o’sishi orqali va boshqalar.
Chek - veksel va banknotadan keyin paydo bo’lgan kredit vositasi hisoblanib, to’lovchining o’z bankiga uning schotidan mablag’ni oluvchining schotiga o’tkazib qo’yish to’g’risidagi buyrug’i. Birinchi cheklar taxminan 1683-yilda Angliyada qo’llanila boshlagan. Chekning quyidagi turlari mavjud:
l. Ismi yozilgan chek — bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish mumkin emas.
Orderli chek — bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo’yicha boshqa shaxsga berish mumkin.
Ko’rsatilganda to’lanishi lozim bo’lgan chek.
Hisob cheki — naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo’llaniladigan chek. 5.Akseptlangan chek — bank chekni to’lash bo’yicha rozilik beradi va boshqalar.
Chek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin, u bilan to’lovlarni va boshqa hisob- kitoblarni amalga oshirish mumkin.
Elektron pullar - bu bank kartadagi yoki elektron hamyondagi pullar. Elektron hamyonlardan bank kartasiga osongina pul o’tkazishingiz mumkin va naqd pul berishingiz mumkin va aksincha, uni elektron hamyondan boshqa elektron hamyonga joylashtirish mumkin. Bugungi kunda elektron to’lov tizimlarining mutlaq yetakchilari uchta to’lov tizimidir:
-WebMoney;
-RBK Money;
-Yandex Money.
Virtual pul va kriptovalyutalar – hozirgi kunda paydo bo’lib, shakllanib borayotgan ushbu bosqich, pul doim ham bir shakl va ko’rinishda bo’lmasligini ko’rsatadi va bu jarayon aynan siz va bizning ko’z o’ngimizda yuz berayotganligi e’tiborlidir. Qog’oz pullar bu – ichki qiymatga ega bo’lmagan har qanday pul birligi (valyuta). U faqatgina hukumatning bosib chiqaralayotgan (qog’oz) pul birligi qonuniy to’lov vositasi ekani haqidagi hujjat bayonoti bilan ta’minlangan bo’ladi va uning (pulning) qiymati ushbu hukumatga bo’lgan ishonchga asoslanadi. Pul birligining qadri yo’qolmasligi uchun hukumat uni qalbakilashtirilishidan himoya qilishi va bosib chiqarilgan pul hajmini nazorat qilishi va mas’uliyat bilan boshqarishi lozim. Qog’oz pullar bosib chiqarish bo’yicha nazorat, hamda qisman zaxira to’plash bilan bog’liq bank amaliyotlari asosan ushbu vakolatga ega bo’lgan Markaziy banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Har qanday iqtisodiyotdagi pullarning katta qismi banklar tomonidan bank
omonatlari ko’rinishida yaratilishini o’qib hayron qolsangiz kerak. Gap shundaki, banklar har safar kredit berganida yangi pullar hosil bo’ladi. 2014 yilning mart oyida Angliya banki “Zamonaviy iqtsodiyotda pullarning yaratilishi” nomli hisobotini chiqardi. Unda quyidagi fikr bayon etilgan: “Har safar, yirik tijorat banklari yangi kredit (qarz) berganida bank omonatlari ko’rinishidagi pullarni yaratadi”.
Agar hukumat ko’proq pul bosib chiqarishga qaror qilsa, iqtisodiyotda pul ko’payadi. Bunda mahsulotning bozordagi qiymati o’zgarmaydi, ammo pul birligining xarid qobiliyati pasayadi, ya’ni bozordagi o’sha-o’sha mahsulot uchun ko’proq pul to’lash kerak bo’ladi, bu esa pulning qadrsizlanishi (inflyatsiya)ni keltirib chiqaradi.
Oddiy iqtisodiy sharoitda pul hajmi mahsulot ishlab chiqarishga qaraganda tezroq o’sganida pul qadrsizlanadi, ammo bu biroz sodda tasavvur. Pul hajmi asosan yangi qarzlar paydo bo’lishi hisobiga o’sadi, bu esa oxir oqibat aktivlarning narxi pufak kabi shishishiga olib boradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Vengriyada yuz bergan kuchli pul qadrsizlanishini misli ko’rilmagan giperinflyatsiya deyish mumkin. O’shanda (1946 yilning iyul oyi) 41,9% pul qadrsizlanish ko’rsatkichi qayd etilgan, bu esa narxlar har 15,3 soatda ikki baravar oshgan degani (istasangiz, Zimbabvedagi 500 milliard foizlik haddan tashqari kuchli inflyatsiya haqida ham o’qishingiz mumkin). Agar qog’oz pul birliklari hech qanday qadrga va ichki qiymatga ega bo’lmasa, unda nima uchun ular butun dunyoda qabul qilingan? Qog’oz pul birliklari halihanuz asosiy ikki sabab bilan muomalada qolmoqda:
pulning qiymati uni muomalaga chiqaruvchi davlat (emitent)ga bo’lgan ishonchgagina bog’liq, bu esa davlatdan biror bir qo’shimcha xarajat yoki majburiyat talab qilmaydi;
qog’oz pullarni muomalaga chiqarish oson va qulay.
Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga bog'liq.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.
Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning harakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chiqgach korxona va tashkilotlar kassasi orqali aholi qo'liga o'tadi. Oldi – sotdi va to’lov harakatlari bajarilgach u yana bankga qaytadi.
21-asrga kelib pulning ikki ilg’or ko’rinishi ommalashdi: mobil to’lovlar va kriptavalyutalar. Mobil to’lovlar orqali odatda smartfon yoki planshetdagi ilovalar orqali mahsulot va xizmatlar uchun pul to’lash yoki boshqa odamlarga pul o’tkazmalarini osonlik bilan amalga oshirish mumkin. Dunyoda Apple Pay, AliPay kabi xizmatlar, O’zbekistonda esa PayMe, Click kabi mobil to’lov ilovalari tadbirkor va xaridorlar o’rtasidagi muhim bo’g’inga aylanib bormoqda.
Elektron pullar kompyuterlarda yozilgan raqamlardir. Dunyodagi eng yirik pul amaliyotlari shu raqamlarni bir hisobdan boshqa bir hisobga ko’chirish orqali amalga oshiriladi.
Virtual valyutalar orasida eng mashhuri 2009 yilda Satoshi Nakamoto taxallusli odam yaratgan deya hisoblanadigan Bitkoindir. Kriptovalyutalar jismoniy shaklga ega emas. Moliyachi mutaxassislar, kriptovalyutalarni quyidagi jihatlariga ko’ra boshqa pullardan afzal deb hisoblashadi: - ular bilan turli amaliyotlarni bajarish arzonroq;
xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash osonroq;
moliyaviy mustaqillik talablariga javob beradi;
amaliyotlarni tezroq o’tkazish mumkin;
xalqaro to’lovlarni amalga oshirish yengilroq (davlatlararo to’lovlar tez va arzonroq amalga oshiriladi);
davlatlar emissiya qilgan milliy valyutalardan farqli ravishda markazlashmagan holda ishlaydi.
Umuman, pul o’z taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan:
-Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII asrgacha
-Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX asrlar
-Qog’oz pullar – “banknota” XIX-XX asrlar
-Elektron pullar – “kartochka” XX asr o’rtalaridan
Shuni ta’kidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bo’lib:
-Ularni qiymati yuqori, hajmi kichik.
-Ular bo’linuvchan, ular bo’linganda sifatini yo’qotmaydi.
-Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, ko’mganda ham).
-Ularni olib yurish qulay
Bir og’irlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir turdagi mo’yna birbiridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar.
Ayrim manbalarga ko’ra (“Ekonomicheskaya teoriya” pod. red. V. I. Vilyapina, Dobrinina A.I. Moskva. 2001 y str.141-166) dastlabki qog’oz pullar XII-asrda Xitoyda, 1571 yilda Fransiyada, 1690 yilda AQSh da, XVIII- asrda Yekaterina IIdavrida Rossiyada paydo bo’lgan. Qog’oz pullar muomalasini tashkil etishda Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), Dubasov I.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim. Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha boylik ortirgan va 1710 yilda Fransiya davlat byudjeti daromadini oshirish bo’yicha hukumatga qog’oz pullar chiqarish bo’yicha taklif bilan chiqqan. O’sha paytda Fransiya Moliya Vaziri bo’lgan Djon Lo 1720 yilda pulni qadrsizlangani tufayli Fransiyani tark etadi. 1716-1720 yillardagi qog’oz pullar bo’yicha Djon Loni “Mashinnik i proroka” deyilsada, u Yevropa xalqini qog’oz pullarni ajoyib imkoniyatlaridan voqif etdi.
Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob kitoblarning yig'indisidir. Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan bog'liq aylanishga, hamda tovar va ularning harakati bilan bog'liq bo’lmagan aylanishga bo’linadi. Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob - kitoblar olib borish kiradi, ikkinchisiga kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar kiradi. Tovar va ularni harakati bilan bog'liq bo’lmagan aylanishga milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan
bog'liq to’lovlar va boshqa tovar harakati bilan bog'liq bo’lmagan to’lovlar kiradi.
Pul funksiyalariga va to’lov turiga ko’ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bo’linadi.
Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: 1.Pullik munosabatlarning turiga ko’ra:
-Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul aylanishi
-Tovar xarakteriga ega bo’lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi
To’lov usuliga ko’ra:
-Naqd pullik
-Naqd pulsiz
Pul munosabatlari ishtirokchilarining hududiy joylashishiga ko’ra:
5.O’zbеkistоn Rеspublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi. O’zbеkistоn Rеspublikasining 2008 yil statistik aхbоrоtnоmasi, T., 2009.
-Bir xudud miqyosidagi pul aylanishi
-pul aylanishi
Pulni to’lov jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
-Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi
-Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamg'armadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablag'lari).
Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha hukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi.
Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir.
Monetar siyosatning bosh g'oyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi - pul. Davlat yalpi talabga muomaladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomaladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot
Monetar siyosat: Harakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qat’iy nazorat qilish; tijorat banklari faoliyatini ko’zatib borish: kredit emissiyasini bajarib borish; Davlat oltin – valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni ko’zda tutadi. Davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo’yicha chora – tadbirlar ko’rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi.
Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo’linadi. Avtomatik deganda hukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq tuzilmalarini iqtisodiy konyuktura o’zgarishiga bog'liqligi va boshqalar.
Diskression (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real hajmiga, bandlik, inflyatsiya va iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora – tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, me’yorlarga qo'shimcha ravishda yoki ularni o’zgartirish bo’yicha tezkor tarzda majburiy chora – tadbirlar ko’riladi (soliq reformasi va boshqalar).