Universiteti jizzax filiali amaliy matematika fakulteti kompyuter ilmlar a dasturlashtirish kafedrasi



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/33
tarix02.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#123007
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
KIBERXAVFSIZLIK

Xavfsizlik siyosatining afzalliklari: 

kuchaytirilgan ma’lumot va tarmoq xavfsizligi: tashkilotlar o‘z ma’lumotlari 
xavfsizligini ta’minlovchi tarmoqqa asoslangan siyosatini amalga oshiradilar. Xavfsizlik siyosati 
tarmoqda boshqa tizimlardan ma’lumotlar uzatilishida himoyani ta’minlaydi; 

risklarni kamaytirish: xavfsizlik siyosatini amalga 
oshirish orqali tashqi 
manbalardan bo‘lishi mumkin bo‘lgan risklar kamaytiriladi. Agar xodimlar xavfsizlik siyosati 
asosida harakat qilsalar, ma’lumot va resurslarning yo‘qolishi holatlari deyarli kuzatilmaydi; 

qurilmalardan foydalanish va ma’lumotlar transferining monitoringlanishi va 
nazoratlanishi: xavfsizlik siyosati xodimlar tomonidan amalga oshirilgani bois, ma’murlar 
tashkilotdagi trafikni va foydalanilgan tashqi qurilmalarni doimiy tarzda monitoringlashi zarur. 
Kiruvchi va chiquvchi trafikning monitoringi va auditi doimiy ravishda amalga oshirilishi shart; 

tarmoqning yuqori unumdorligi: xavfsizlik siyosati to‘g‘ri amalga oshirilganida 
va tarmoq doimiy monitoring qilinganida ortiqcha yuklamalar mavjud bo‘lmaydi. Tarmoqda 
ma’lumotni uzatish tezligi ortadi va bu umumiy samaradorlikni ortishiga olib keladi; 

muammolarga darhol javob berish va harakatsiz vaqtning kamligi: xavfsizlik 
siyosatini amalga oshirilishi tarmoq muammolari kuzatilganida darhol javob berish imkoniyatini 
taqdim etadi; 

boshqaruvdagi hayajon darajasining kamayishi: xavfsizlik siyosati amalga 
oshirilganida boshqaruvchi kam hayajonga ega bo‘ladi. Xavfsizlik siyosatidagi bir vazifa 
tashkilotning biror xodimiga biriktirilishi shart. Agar ushbu holat amalga oshirilsa, tarmoqda 
biror nojo‘ya holat kuzatilsa ham, boshqaruvda hech qanday xavotir bo‘lmaydi; 

xarajatlarning kamayishi: agar xodimlar siyosatga to‘g‘ri amal qilsalar, 
tashkilotga ta’sir qiluvchi turli xalaqitlar uchun ortiqcha xarajat kamayadi. 
Xavfsizlik siyosatining iyerarxiyasi: 
Tashkilotlarda xavfsizlik siyosatini ishlab chiqishda turli hujjatlardan foydalaniladi. 
Ushbu hujjatlarni ishlab chiqish xavfsizlik siyosatining iyerarxiyasining sathi va uning soniga 
bog‘liq. 
Qonunlar. Qonunlar iyerarxiyaning eng yuqori sathida joylashgan bo‘lib, ular 
tashkilotdagi har bir xodim amalga oshirishi kerak bo‘lgan vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu 
qonunlarga amal qilmagan har bir xodim uchun javobgarlik choralari ko‘rilishi shart bo‘ladi. 
Normativ hujjatlar. Normativ hujjatlar iyerarxiyadagi ikkinchi tashkil etuvchi bo‘lib, ular 
xodimlarning qonunlarga rioya qilishini kafolatlaydi. Normativ hujjatlar xavfsizlik siyosati 
qonuniga mos bo‘lgan yo‘l yo‘riq ko‘rsatuvchi hujjatlar to‘plami bo‘lib, ular hukumat yoki 


ijtimoiy normativ hujjatlardan tashkil topadi. 
Siyosatlar. Siyosatlar yordamida tashkilot shaxsiy tarmoq xavfsizligi uchun qonuniy ichki 
tarmoq talablarini yaratadi. Siyosat turli muolajalardan iborat bo‘lib, ular tashkilot uchun 
xavfsizlik arxitekturasini ko‘rsatadi. Ushbu siyosatlarning amalga oshirilishi tashkilotga 
standartlarni o‘rnatish va risklarni boshqarish kabi vazifalarni bajarishiga imkon yaratadi. 
Standartlar. Standartlar siyosatni amalga oshirish usullarini tavsiflaydi va tashkilotlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Standartlar korxona siyosatiga ixtiyoriy va mandatli aloqador 
bo‘lib, ishlab chiqilgan standartni ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zgartirish talab etilmasligi zarur. 
Shuningdek, standartlar texnologiya, qurilma va dasturiy vositaga bog‘liq holda xavfsizlik 
nazoratini o‘z ichiga oladi. 
Yo‘riqnomalar. Yo‘riqnomalar tashkilot siyosati va standartlarini amalga oshirish 
strategiyasini aniqlab, tashkilotning tahdidlarga qarshi tura olishida yordam beradi. Shuning 
uchun, tashkilot xodimlari yo‘riqnomalarni bajarish uchun, maxsus o‘qitiladi. 
Muolajalar. Muoalajalar tashkilot siyosatini amalga oshiruvchi ketma-ket bosqichlar 
to‘plami bo‘lib, ularni amalga oshirishda imtiyozga ega subyektdan tasdiq talab etiladi. 
Muolajalar quyidagi savollar asosida ishlaydi: 

kim nimani bajaradi? 

ular qanday bosqichlarga ega? 

ular qaysi shakl va hujjatlardan foydalanadilar? 
Umumiy qoidalar. Umumiy qoidalar tanlovga ko‘ra maslahatlar bilan ta’minlovchi hujjat 
bo‘lib, ulardan biror maxsus standartlar bo‘lmagan holda foydalaniladi. Umumiy qoidalar 
tavsiyalar sifatida bo‘ladi va tashkilotlar ularni rad eta olmaydi. Umumiy qoidalarni amalga 
oshirish risklarni kamaytirsada, biznes talablari o‘zgarganida umumiy qoidalarni ham o‘zgartirish 
tavsiya etiladi. 
Xavfsizlik siyosati quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart: 
Qisqa va aniq: xavfsizlik siyosati infrastrukturada joriy qilishda qisqa va aniq bo‘lishi 
shart. Murakkab xavfsizlik siyosati tushunish uchun qiyin bo‘lib, xodimlar tomonidan kutilgani 
kabi amalga oshirilmaydi. 
Foydalanuvchan bo‘lishi: siyosat tashkilotning turli sektorlari bo‘ylab oson foydalanishli 
yozilishi va loyihalanishi shart. Yaxshi yozilgan siyosatlar boshqarishga va amalga oshirishga 
oson bo‘ladi. 
Iqtisodiy asoslangan bo‘lishi: tashkilotlar tejamkor va o‘z xavfsizligini kuchaytiruvchi 
siyosatni amalga oshirishlari shart. 
Amaliy bo‘lishi: siyosatlar reallikka asoslangan amaliy bo‘lishi kerak. Real bo‘lmagan 
siyosatning amalga oshirilishi tashkilotga muammo tug‘diradi. 
Barqaror bo‘lishi: tashkilot o‘zining siyosatini amalga oshirishda barqarorlikga ega 
bo‘lishi kerak. 
Mulojaviy bardoshli bo‘lishi: siyosat muolajalari amalga oshirilganida, ular ish beruvchi va 
ishlovchiga mos bo‘lishi kerak. 
Kiber va yuridik qonunlarga, standartlarga, qoidalarga va yo‘riqnomalarga mos 
bo‘lishi: amalga oshiriluvchi ixtiyoriy siyosat kiber qonunlar asosida ishlab chiqilgan qoidalar va 
yo‘riqnomalarga mos bo‘lishi zarur. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin