KORXONA ARXITEKTURASI
Tijorat
arxitektur
asi
Axborot
arxitektur
asi
Ilovalar
arxitektur
asi
Infrastruktu
ra
arxitektura
si
-
daromadning oshishi;
-
o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;
-
xarajat va chiqimlarning pasayishi;
-
innovatsiyaning tezlashishi;
-
bozorga
mahsulot
va
xizmatlarni
taqdim
etish
vaqtining qisqarishi;
-
buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi;
-
raqobatlik qobiliyatining oshishi;
-
me’yoriy talablarga moslikni ta’minlash.
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan foydalaniladi
(1-rasm). Korxona arxitekturasi tamoyillar, yondashishlar
va texnologiyalar naborini
shakllantirishga imkon beradiki, ular tashkilotning joriy holatini hisobga olgan holda uning
kelgusi transformasiyasi, o‘sishi va rivojlanishi asosini belgilaydi.
1-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa
arxitekturalar bilan bog‘liqligi
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda
bir necha yondashishlar mavjud, masalan
TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h.k. Ammo,
qaysi
bir
yondashish
tanlanmasin,
hozirgi sharoitda axborotdan va axborot tizimidan foydalanmay
rivojlanish mumkin emas. Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday
o‘zgarishlarni madadlaydi,
balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba’zi
hollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo
istalgancha rivojlanmaydi. Bunda ma’lumotlarning sirqib chiqishi,
axborot texnologiyalari
infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h.k. bilan bog‘liq axborot operatsion risklar
anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak risklarga tayyor bo‘lish uchun korxonaning boshqa
arxitekturalari bilan uzviy bog‘langan axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar
tizimi va uni zamonaviy
tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo’llari nima deyiladi- Konsepsiya
Kiberxujumlardan samarali himoyani tashkil etish uchun qanday jarayonlar bo’lishi talabqilinadi.
Hodimlar, ishchi jarayonlar va texnologiyalar bir-birlarini to’ldirishlari zarurdir.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi jarayonlarni,
inson rolini, texnologiyalarni va turli xil
axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va o‘zgaruvchanligini
hisobga oladi.
Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning arxitekturasi tashkilotning va u bilan
bog‘liq boshqa komponentlar va interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi holatini
tavsiflaydi. Bunda axborot xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi
ehtiyojini akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi –
konseptual, mantiqiy va amalga oshirish
(texnologik). 2.2-rasmda bunday arxitektura keltirilgan bo‘lib, odatda texnologiyalar jihatidagi
qismi xavfsizlik xizmati nazoratidan chetda qoladi.