251
Ana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan xislatlar epizodik tarzda emas,
balki odamning kundalik faoliyatlarida va Har qanday sharoitda doimo
namoyon bo`ladigan shaxsiy xislatlariga aylanadi.
Shu narsani ham aytib o`tish kerakki, odamning shaxsiy hislatlari
qanchalik mustaxkam bo`lsa ham o`zgarmaydigan bo`lmaydi. Odamning
barcha shaxsiy hususiyatlari tashqi yashash sharoiti va ta`lim- tarbiyaning
ta`siri bilan o`zgarib boradi. Masalan, odamning yoshi ulg`ayishi bilan
dunyoqarashida, ishonch-etiqodlarida, qiziqish va extiyojlarida jiddiy
o`zgarishlar yuzaga keladi. Buning asosiy sababi- odam katta bo`lgan sari
yashash tarzi, imkonyatlari tubdan o`zgarib ketadi. Bu o`zgarish o`z
navbatida odamning shaxsiy xislatlarini ham bir qadar o`zgarishga olib
keladi.
Bolalarning shaxsiy xislatlari ilk yoshlik davridan boshlaboq tarkib
topa boshlaydi. Bunda bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiyaning ro`li g`oyat
kattadir.
Dostları ilə paylaş: