254
ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Al- Xoirazmiy, Ulug`bek, Navoiy kabi buyuk
mutafakkir egalari g`oyat iste`dodli, ta`lantli kishilar bo`lishlari bilan birga
o`zlarining ustilarida kecha-kunduz tinmasdan ishlaydigan mexnatsevar
odamlar bo`lganlar.
Psixologlarning fikricha, ta`lant mexnatga bo`lgan muxabbatdan
yuzaga keladi. Bu juda to`g`ri fikr, chunki odam mexnatni sevsa,
charchamasdan juda ko`p ishlaydi. Natijada odam ma`lum soha bo`yicha
maxoratini oshirib o`zining layoqatlarini tala`nt darajasiga
е
tkazadi.
Qobiliyat va iste`dodini bolalarda yoshlikdan, ya`ni bog`cha yoshidagi
davrdan boshlab rivojlantirish lozim. Buning uchun dastavval diqqat bilan
razm solib, bolalarda qaysi soxaga layoqat borligini aniqlashga harakat
qilish kerak. Bundan so`ng bolalarga qiziqarli mashg`ulotlar tashkil qilish
orqali ularning layoqatlarini (rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa va x.klar
boyicha) rivojlantirish lozim.
Bolalarning qobilyat va iste`dodlarini yoshlikdan boshlab
rivojlantirish juda katta axamiyatga ega bo`lgan ishdir. Bola qaysi soxaga
doir qobilyatli bo`lsa, shu soxaga doir bilim va malakalarini tez hamda
puxta o`zlashtiradi. Qobilyat o`z tabiati jixatidan qiziqish bilan yaqin
narsadir. Shuning uchun bolalar qobilyatini rivojlantirishda ularning
qiziqishlaridan foydalanish kerak. Bola qiziqqan narsasi bilan uzoq vaqt
davomida xech zerikmay shug`ullanaveradi. Masalan, rasm solishga,
musiqaga, raqs tushishga qiziqqan bolalar bu mashg`ulatlar bilan juda uzoq
vaqt davomida shug`ullanishlari mumkin. Bolalarning qiziqishlarini
tarbiyalab, qobiliyat, ta`lant darajasiga ko`tarish lozim. Buning uchun
tarbiyachi bolaning nimaga qiziqishini aniq belgilashi va shu qiziqqan
narsasi ustida sistemali tarzda mashq qilishlari kerak.
Bolalarda qobiliyat va iste`dodini yoshlikdan boshlab tarbiyalash
hususan xozirgi kunda, ya`ni mustaqil Respublikamizda yangi jamiyat
qurish ishi keng avj oldirilib yuborilgan paytda juda katta axamiyatga
egadir. Bu yangi jamiyatda yashaydigan yangi tipda odamlar har
tomonlama taraqqiy qilgan bo`lishlari kerak. Mana shunday porloq
jamiyatda yashaydigan, mexnaat qiladigan har tomonlama qobilyatli
kishilarni hozirdan boshlab tarbiyalash lozim. Ana shu sababli bolalar
qobilyatini tarbiyalash, o`stirish kechiktirib bo`lmaydigan ish ekanini
tarbiyalovchilar, ota-onalar ham bilishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: