Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


XVII-BOB. MAKTABGA TARBIYA DAVRIDAGI BOLALAR



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
XVII-BOB. MAKTABGA TARBIYA DAVRIDAGI BOLALAR 
PSIXODIAGNOSTIKASI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish 
2. Maktabgacha tarbiya davrida bilish jarayonlari psixodiagnostikasi 
 
17.1.PSIXODIAGNOSTIKA METODLARI VA BILISH JARAYONLARI 
PSIXODIAGNOSTIKASI
 
17.1.1. Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish 
Bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim
-tarbiya jarayoni 
bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular 
shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining mahsuldorligi 
pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilarini yaxshi bilishiga, ta’lim va tarbiyaning 
xilma-
xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq. Psixologiya fan sifatida tarbiyachiga 
tayyor retseptlarni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bi
lan bevosita 
muloqot jarayonida, bola xulq-atvori motivlarini, shaxsiy xususiyatlarini 
tahlil qil ish jarayonida egallanadi. Bu haqda K.D. Ushinskiy quyidagicha 
yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz 
ularga siz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini 
o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling», 
- deymiz. 
Taraqqi
yotdan chetlashish yoki buzilish sodir bo‘lgan holatlar chegara 
holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida, shaxs 
aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni 
aniqlash uchun bolalar psixo logiyasi, klinik potopsixologiya va psixiatriya 
kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga 
akseleratsiya (tez 
е
tilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarni hal 
qilishga to‘g‘ri keladi.
Tarbiyachi ta’lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nima uchun va 
qanday 
qilib paydo bo‘lishini tushunishi uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining 
asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarni psixologik diagnostika 
metodlarini egallashi zarur. Tarbiyachining psixodiagnostik tadqiqot yoki 
doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda 
qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi.
Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida 
vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‘lchash g‘oyasi keng ta
rqaldi. 
Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar 
psixikasidagi in
dividual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘langan.


263 
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda 
diagnoz ko‘rsatkich va tavsifno
malarni birgalikda tahlil qilish asosida 
sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. 
Psixologik diagnoz (diagnosis grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni 
anglatadi) shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga 
baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodi 
agnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga 
qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin