Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
Shakllarni joylashtirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish qarori
 
Doska №
Sinaluvchi 
harakatlari 
Ko‘rsatilgan 
yordam turi 
Topshiriqni bajarish 
vaqti 
Bu metodika juda sodda bo‘lib 3 yoshdan katta 
bolalarni tekshirishda 
foydalanish mumkin. Bolalar figuralarni o‘yin deb qabul qilib, bu 
topshiriqlarni qiziqib o‘ynaydilar.
Koss kubiklari 
Bu metodika 1923-yilda S.S. Koss tomonidan taklif 
etilgan bo‘lib 
fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish-yasash xususiyatlarini 
o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D. Vekslerning (1939—
1955) 
metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. 
Odatda bu metodni kattalarni tekshirishda qo‘l
lashadi, lekin bunday 
topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga 


265 
ko‘ra kubiklardan shakllar yasashlari kerak. Tajriba o‘tkazish uchun bir xil 
bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning 
kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil shakllar chizilgan 10 ta rasm zarur. 
Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday shaklni to‘rtta kubikdan yasab 
ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan 
shakllarni kubiklardan yasay boshlaydi. 
Kubi
klarni rasmning ustiga qo‘yib topshiriqni bajarish man etiladi. 
Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va bajarilish 
vaqtiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi. Bog‘cha yoshidagi va 
boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajaris
hganda ozroq yordam 
berish lozim. 
Agar bola qiynalsa, 1-
2 shaklni yasab ko‘rsatish mu
mkin. Bunda 
eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish prinsipini ham 
tushuntiradi. Shaklni yasab bo‘lgach eksperimentator kubiklarni buzib 
tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashini aytadi. Tadqiqot 
qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqti yozib qo‘yiladi.
Link kubi 
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaksiyani 
aniqlashga imkon beradi. Tajriba o‘tkazish uchun 3x3 sm katt
alikda bir xil 
27 ta kichik kubchalar kerak. Kichik kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, 
yashil, sariq) ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil 
rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‘lsin.
Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra buzib 
tashlab, xuddi shundayini yasash kerakligi aytiladi. Eksperimentator 
qo‘shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini ichkarida qoldirsa, unda 
qizil rang tashqari tomonda 
е
tishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish 
vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat 
beriladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tadqiq qilishda bu metodikalardan 
tashqari yana Shult jadvali bo‘yicha sonlarni izlash, xotirani o‘rganish, 
«Bavosita esda olib qolish metodikasi» (A.N. L
eontev, 1928), qismlardan 
rasm hosil qilish (A.N. Bernshteyn, 1911), klassifikatsiyalash, ortiqchasini 
o‘chirish (rasmli variant) kabilarni qo‘llash mu
mkin. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin