VFano‘qitilishiningnatijalari(shakllanadigankompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
soliqlarning funksiyalari va vazifalari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning guruhlanishi, soliqlar va soliqqa tortish tizimi, ular amal qilish xususiyatlari, respublika soliq tizimida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi asoslari, soliq stavkalarining joriy etilishi, soliq imtiyozlari, soliqlarning budjet daromadlari tarkibida tutgan o‘rni va salmog‘i, jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar tarkibi, soliq to‘lovchi subʼektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, soliq to‘lovchilarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, soliqlarni hisoblash usullari va to‘lash tartiblari haqida tasavvurvabilimga ega bo‘lishi;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, mikrofirma va kichik korxonalarni, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan olinadigan qatʼiy soliqni hisoblash, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish, aksiz solig‘ini hisoblash, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni undirish, mahalliy yig‘imlar va ularni undirish hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘ovlarni hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
soliq elementlari va ularning tarkibini, soliq subʼektlari tarkibi va ularning guruhlanishini, soliq obʼektlari va ularning tashkiliy tuzilishini, soliqqa tortiladigan baza va uni aniqlash usullarini, soliq stavkalari va ularning tabaqalanishini, soliq imtiyozlari va ularning guruhlanishini, soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash usullarini, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari yuzasidan tegishli