8-mavzu.Yuridikvajismoniyshaxslardanolinadiganyersolig‘i Yer solig‘i joriy etilishining asosiy sabablari. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obʼekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari. Soliq stavkalarining guruhlanishi: jamoa qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan yerlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; lalmikor ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatzorlardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan boshqa yerlardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; Toshkent shahar yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; shahar va qo‘rg‘onlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; korxona, muassasalar va tashkilotlardan qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari.
9-mavzu.Suvresurslaridanfoydalanganlikuchunsoliq Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida suv ryesurslaridan foydalanganlik uchun soliqni undirishning huquqiy asoslari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning obʼekti va uni aniqlash tartibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanishi: yer usti suv resurslari manbalari bo‘yicha; yer osti suv resurslari manbalari bo‘yicha. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar tarkibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va budjetga to‘lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.
10-mavzu.Yerqaʼridanfoydalanuvchilaruchunsoliqlarvamaxsusto‘lovlar Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning to‘lovchilar tarkibi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning obʼekti. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar va ularning qo‘llanilish tartibi. Soliqni hisoblash va budjetga o‘tkazish muddati. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq hisobini yuritish va uni buxgalteriyada rasmiylashtirish.