2-mavzu.Yuridikshaxslardanolinadiganfoydasolig‘i Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining budjet daromadlarida tutgan o‘rni. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini undirishda qo‘llaniladigan meʼyoriy hujjatlar tarkibi. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i to‘lovchilari tarkibi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxs rekvizitlari.
Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining soliq solish obʼekti. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlash. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi. Jami daromadlar tarkibining tuzilishi: mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum; asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk obʼektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad; foiz ko‘rinishidagi daromad; dividendlar; bepul olingan mol-mulklar; mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; royalti; tekin moliyaviy yordam; daʼvo muddati o‘tib ketgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va hokazolar.
3-mavzu.Soddalashtirilgansoliqtizimi Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga tatbiq etilishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soddalashtirilgan soliq tizimining iqtisodiy ahamiyati. Soddalashtirilgan soliq tizimining tarkibiy tuzilishi: yagona soliq to‘lovi. Yagona soliq
to‘lovi va uning amal qilish jarayoni. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tarkibi. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tarkibiga kiritilish mezoni.
Yagona soliq to‘lovining soliq obʼekti. Yalpi tushum va uning tarkibi: mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum; asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan daromadlar; favqulodda daromadlar. Yagona soliq to‘lovi stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanish mezonlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar. Yagona soliq to‘lovi hisoblash va to‘lash tartibi. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Yagona soliq to‘lovini buxgalteriya hisobida aks ettirish.