4-mavzu.Jismoniyshaxslardanolinadigandaromadsolig‘i Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq va uning o‘ziga xosligi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq obʼekti. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari. Jami yillik daromad tarkibi: mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar; jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari; moddiy naf tarzidagi daromadlar va boshqa daromadlar.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning stavkasi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: soliq solinadigan daromadga kiritilmaydigan daromadlar; soliqdan to‘liq ozod qilinadigan jismoniy shaxslar; har to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi imtiyoz. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash uslubiyati. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolish. Deklaratsiya tushunchasi va uni joriy qilish sabablari. Jismoniy shaxslarning deklaratsiyaga kiritiladigan daromadlari tarkibi. Deklaratsiyani to‘ldirish va soliq organlariga topshirish tartibi hamda muddati. Deklaratsiyani muddatida topshirmagan jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar. Deklaratsiya bo‘yicha qo‘shimcha hisoblanadigan soliq summasini budjetga to‘lash muddati.
5-mavzu.Qo‘shilganqiymatsolig‘i O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari tarkibi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obʼekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq obʼektining tarkibi: tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo‘yicha aylanmalari; tovarlarning importi bo‘yicha aylanmalar. Soliq solinadigan aylanma tarkibi: tovarning realizatsiyasi bo‘yicha aylanma; ishlarning realizatsiyasi bo‘yicha aylanma; xizmatlarning realizatsiyasi bo‘yicha aylanma. Soliq solinadigan aylanmani aniqlash. Soliq solinadigan aylanmani tuzatish. Soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydigan aylanmalar. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash tartibi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha mavjud muammolar.