University of buissines and science


tip - Hasadgo’y (birovlarning yutug’ini ko’rolmaydi, kayfiyatini buzadi)



Yüklə 215,5 Kb.
səhifə3/4
tarix22.07.2023
ölçüsü215,5 Kb.
#137090
1   2   3   4
Jo’rayeva Dildora

1 tip - Hasadgo’y (birovlarning yutug’ini ko’rolmaydi, kayfiyatini buzadi)

  • 2 tip – g’iybatchilar

  • 3 tip - Tasodifat boyigan kambag’allar

  • 4 tip - Amalparastlar

  • 5 tip - Ziqnalar

  • 6 tip - Ahloqsizlar 2

    Bu tipologiya faqat salbiy ko’rinishlarni yoritgan bo’lsa ham (badiiy nuqtai nazardan) shaxs tipologiyasi haqidagi dastlabki klassifikatsiya hisoblanadi.
    Jaloliddin Davoniy - 1427-1502 yillar, O’rta Osiyo mutafakkirlrining ichida birinchi bor psixologiya haqida traktat yozgan alloma hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim psixologiyasi bo’yicha bolalarni tarbiyalash metodlari va «Hohishlar etikasi» asarini yozgan. Inson xarakteri haqida batafsil to’talib o’tgan. Xarakter xislatlarni salbiy tomondan o’zgartirish mumkin, degan fikrni ilgari surgan. Davoniy bolalarning psixik taraqqiyotiga muhitning roliga yuqori baho bergan. Bundan tashqari Davoniy bolalarning qalbini toza taxtaga o’xatadi, unga hohlagan narsa yozish yoki chizish mumkin. Ularning psixikasi esa toza qog’ozga o’xshaydi va bu qog’oz uning hayotida to’ldiriladi, deb ta’kidlaydi. Uningbu fikrlarini undan 200 yil ilgari , keyin buyuk ingliz faylasufi Djon Lokk «Tabula roza» ta’limoti bilan fanga kiritadi, demak O’rta Osiyo mutafakkirlari o’zlarining ilmiy dunyoqarashlari bilan jahon fani taraqqiyotiga va uning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan. Ularning yaratgan asarlari fan va texnika taraqqiyotining boshlanish davrigacha o’quv qo’llanmalari sifatida qo’llanib kelgan. Ba’zi asarlari esa hozirgi kunga qadar ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
    Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo`lishida buyuk sharq mutafakkirlarning roli juda katta bo`lgan. Ular orasida Al Xorazmiy, Al Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Jaloliddin Davoniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabilar o`zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlari va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metofizika, tabiiy fanlar (ayniqsa tibbiyot) haqidagi fikrlari o`sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo`shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug`ullangan, birinchi bor psixologiya fanida tajriba amalga oshirgan alloma hisoblanadi. Uning ruh haqida, asab tizimi, miyaning funktsional tuzilishi haqidagi fikrlariga asab tizimining zamonaviy qarashlariga o`xshashdir. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament haqidagi ta’limoti, har bir kishiga uning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi fikrlari ming yildan so`ng ham, zamonaviy psixologiyada o`z aksini topgan. Abu Ali ibn Sinodan so`ng Markaziy Osiyoda psixologik muammolar bilan shug`ullangan biror bir olim uchramagan bo`lsada xalq og`zaki ijodiyotida, shoirlar she’riyatida psixologik qarashlarini ko`rish mumkin. Abadiy qahramonlar orqali aytilgan fikrlar ma’lum tasavvurlarni tashkil etib, ular ilmiy qarashlarning paydo bo`lishi va rivojlanishiga asos bo`lib xizmat qildi va shu bilan birga psixologiyaning fan sifatida tarkib topishiga asos bo`ldi.
    Rumiy birinchi bo`lib olamning zarradan koinot qadar o`zaro bavositaligi bir-biri bilan tortilib turishi dialektik taraqqiyoti (oddiydan murakkab sari rivojlanishi hamma erda zaruriyat va qarama qarshiliklar birligining mavjudligi) haqida fikrlar bayon etilgan. Ruhning ichki intizomi fikrdan paydo bo`lishi va yo`qolishi tasavvur va tafakkur xayol va borliqning ongga ongning borliqqa ta’siri inson mavjudligini aniqlaydigan belgilar insondan aldanishi yolg`on tasavvurlar va chin bilim tajriba tahlil aniqlik va mavhumlik xaq sifati va odam sifati kabi yuzlab masalalar yuzasida bahs yuritilgan.
    Tasavvur ahli inson ruhiyati erki inson ichki olami hislari parvozini ifodalab ma’naviyatimizni boyitishga xizmat kiladi.
    Alisher Navoiy tafakkurning roli haqida:
    Har ishki qilmish odamzod,
    Tafakkur birla bilmish odamzod.
    Uyg`onish davri mutafakkirlari fikrlash quvvati qobiliyatini til nutq qobiliyati bilan birga olib tekshirdilar.
    Forobiy bilish masalasiga odamning mohiyatini tushuntirib berishning tarkibiy qismi sifatida qaraydi. Uning fikricha odam tabiat rivojining yakuni bo`lib o`z ruhiy sifatlari bilan hayvonot olamidan farq qiladi. Odam tabiatdan ajralib chiqqan alohida mavjudot tabiatga ob’ektga nisbatan sub’ekt deb qarash bilan bog`lanadi. Odam biluvchi sub’ekt tabiat esa bilish ob’ekti sifatida olib qaraladi.
    Ob’ekt sub’ektga qadar mavjud bo`ladi ''seziluvchi narsa sezgilarga qadar mavjud bo`lgani kabi bilinuvchi narsa ham bilishga qadar mavjuddir'' (Forobiy Aristotel kategoriyalariga sharhlar) 2-11b.
    ''Odam aqlga ega. Ana shu aql bilan ruh odamning tabiiy ibtidosi hisoblanadi". Ammo bu ibtidolar odamning tabiiy ibtidosi ta’siri ostida kamol topib insonga aylanishga kifoya kilmaydi, chunki inson inson bo`lib kamolatga erishuvi uchun so`zlash va kasb hunarga muhtojdir.'' (M.Xayrullaev, Forobiy va uning falsafiy risolalari. T.1963)
    Abu Nosir Farobiy Aristotel’ va Platonning ishlarini O`rta Osiyoda keng ommolashtirgan. Shuning uchun Farbda ikkinchi muallim degan nomni olgan. Farobiyning fikricha muhit va tarbiyaning ta’sirida inson shaxsining ahloqiy sifatlari shakllanadi. Ahloq tushunchasi inson xarakteri bilan chambarchas deb hisoblaydi. Uning fikricha inson shaxsining barkamol shakllanishi uchun to`rtta to`siq bor: 1. hurmatsizlik; 2. ahloqsizlik; 3. o`zgaruvchanlik; 4. ikkilanish; 3. Inson o`zining kimligini anglashga intilishdan, o`z ruhiy dunyosini va o`zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo`lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, o`tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi nemis olimi V.Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig universitetida tashkil etildi. Xuddi shu laboratoriya andozasi bo`yicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. X1X asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to`g`risidagi ilmiy tununchalarda keskin o`zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida psixologiyaning tadqiqot ob’ekti sifatida insonga muhitning ta’siri uning xulq atvorini o`rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo`shgan psixologiya maktablari vujudga keldi, jumladan, A£Sh psixologiyasining asosiy yo`nalishlaridan bo`lgan bixeviarizm, Germaniya geshtalt psixologiya maktabi, Venada Z.Freydning psixoanaliza va boshqalar. Shu maktablarning hammasi o`zining nuqtai nazariga asoslanib psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o`rganish harakat qildi. Psixologik kontseptsiyalarning rang-barangligi sababli va fan texnikaning rivojlanishi ta’siri bilan psixologiya o`zining tadqiqot ob’ektlariga ega bo`lgan ko`plab sohalarga ajrala boshladi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari atrof muhit hamda jamiyatning juda keng qirralariga tadbiq qilinmoqda. Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo`lishda aniq, yaqqol faoliyatining psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxs faoliyat ko`rsatar ekan har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq atvor normalarini bilish va shunga ko`ra ish olib borish muhimdir.
    Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda uning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.
    Umumiy psixologiya – psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o`ziga xos jihatlarini o`rganadigan maxsus sohasi.
    Pedagogik psixologiya – kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologiya qonuniyatlarini o`rganishni o`z predmeti deb biladi.
    Yosh davr psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning tug`ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini shaxsning shakllanishi va o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga xos tarzda o`zgarish tamoyillarini o`rganadi.
    Ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq atvorini o`rganadi.
    Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o`tkazish asosiy rol’ o`ynaydi.
    Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo`nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o`rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqqoza etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy gumanitar fan sohalari bo`lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o`ziga xos va etakchidir.
    Farobiy inson fazilatlarini tugʻma va yashash jarayonida paydo boʻladigan fazilatlarga boʻladi. Olimning fikricha, tugʻma fazilatlarga insonning oʻta oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatsizliligi kiradi. Lekin tugʻma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tugʻma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va toʻgʻri yoʻlga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda soʻnib qolishi mumkin. Tugʻma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Baʼzi kishilar tugʻma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.
    Farobiy musiqani inson tarbiyasiga taʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bagʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa haqida katta kitob" nomli koʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida maʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos soldi. Yuqoridagi asarida oʻtmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, F. yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. F.ning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga taʼsir qiladi.
    Farobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa Forobiyning taʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Dovoniy F.ning ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy taʼlimotidan bahramand boʻlganlar.
    Farobiy ilgari surgan fikrlar 16—20-asr larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi. 3


    Yüklə 215,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin