Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Ma’naviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oyaga tayanish zarurati



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə47/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

19-mavzu: Ma’naviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oyaga tayanish zarurati.
Ma'naviy taxdid, g‘oyaviy tazyiq va tajovuz tushunchalari, ularning mazmun-mohiyatu va yuzaga kelish shart-sharoitlari. Ma'naviy tahdid va lajovuzlarning o‘ziga xos ko‘rinishlari , niqoblanish xususiyatlari va usullari.Ma'naviy tahdidlaming oshkora va yashirin jihatlari ularning turli daraja va ko‘lamda namoyon bo‘lish xususiyatlari
Mahalliy-xududiy darajadagi ma'naviy tahdidlar.Global tuzilishidagi ma'naviy tahdidlar,ularning mazmun-mohiyati.
O‘zbekistonda ma'naviy tahdidlarni oldini olishning shart-sharoitlari va omillari,ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy,huquqiy,manaviy ma'rifiy texnik texnologik imkoniyatlari.
Ma'naviyatga tahdidlaming oldini olishda milliy g‘oyaning ahamiyati.
1. Ma’naviy tahdid insonning ongi, dunyoqarashi va axloqiga daxl qiluvchi jiddiy xavf.
2. Ma’naviy tahdidlarning turlari.
3. Ma’naviy tahdidlarni oldini olishda milliy g‘oyaning roli
Milliy istiqlol g‘oyasi o‘zining mazmun-mohiyati bilan mafkuraviy tajovuz, ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu borada barcha fuqarolarning, davlat va nodavlat tashkilotlarning ogohligi, faolligi, ezgu g‘oyalarga xizmat qilishga tayyorligi katta ahamiyat kasb etadi.
CHunki ma’naviy tahdid insonning ongi, dunyoqarashi va axloqiga daxl qilishi bilan jiddiy xavf hisoblanadi. Bu xavf ko‘zga ko‘rinmasada, lekin uning keltiradigan zarari yuqumli kasalliklardan kam emas. SHu ma’noda “tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba’zi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki iqtisod, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql o‘rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo‘lgan qarashlarni majburan joriy etishga urinmoqda”[52]. Haqiqatan ham bunday urinishlar turli usullar va vositalar yordamida amalga oshirilmoqda. Ular orasida ma’naviy tahdidlarning ko‘lami pasaymayotganligi tashvishlidir.
“Ma’naviy tahdid” iborasini ikki so‘z birikuvidan iborat: ma’naviy va tahdid. “Ma’naviy” deganda insonning ichki dunyosi, ongi va qalbi nazarda tutiladi.[53] “Tahdid” deganda esa hadig, ya’ni tajovuz qilish, yo‘ldan chiqarishga asoslangan xavf-xatarlar majmui tushuniladi.[54] Tahdid xavf-xatardan darhol ko‘zga tashlanmasligi, uzoqni ko‘zlashi va xavf-xatarga nisbatan zarari ko‘pligi bilan farq qiladi. Mazkur so‘z 1997 yili YUrtboshimiz tomonidan ilk bor atama darajasida qo‘llanilgan.[55]
Ma’naviy tahdid iborasi ham YUrtboshimiz tomonidan muomalaga kiritilgan. U kishi bu tushunchaga quyidagicha ta’rif beradi: Ma’naviy tahdid deganda, avvalo tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xururjlarni nazarda tutish lozim...”.[56]
Ma’naviy tahdidlar faqat inson tomonidan yaratiladi va faqat insonga tajovuz qilishi bilan zararlidir. SHu ma’noda bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan ta’kidlab o‘tilgan ma’naviy tahdidlarning uch turini idrok qilib olish lozim bo‘ladi.
1. Mafkuraviy tahdidlar. Mafkuraviy tahdidlar “biz uchun mutloqa begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir”[57]. Misol uchun, ana shunday begona mafkuralardan biri – milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik bilan qarashni targ‘ib qilishdir. Unga ko‘ra, insonda milliy taraqqiyot modeliga shubha bilan qarash hosil qilinadi va uning “yoni”da o‘zga davlatlarning taraqqiyot modeliga havas qilish uyg‘otiladi. Biz uchun begona dunyoqarashlardan biri – mutaassiblikdir. Unga ko‘ra, shaxs o‘z tushunchalarini mutloq haqiqat deb qabul qiladi va o‘zga qarashlarni esa asossiz inkor qiladi.
2. G‘oyaviy tahdidlar. Bu turga kiruvchi tahdidlar inson ma’naviy olamida yot g‘oyalar, qarashlar va maqsad-muddaolarni shakllantirishga intiladi. Bugungi kunda g‘oyaviy tahdidlarning quyidagi ko‘rinishlari nomoyon bo‘lmoqda: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, egotsentrizm, individualizm, “ommaviy madaniyat”, milliy davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‘otish, milliy nizolar keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qo‘shni davlatlarni bir-biriga qayrash, yoshlar ongini zaharlash. Bundan ko‘zlangan maqsad rivojlanayotgan davlatning moddiy va ma’naviy boyliklariga egalik qilishdir. CHunki g‘oyaviy tahdidlar oxir-oqibatda davlatni inqirozga olib keladi, nega deganda buning natijasida fuqarolarda xudbinlik, loqaydlik, manfaatparastlik, hasad, sotqinlik, irodasizlik, beparvolik kabi ijtimoiy-axloqiy illatlarning tarkib topadi.[58]
3. Informatsion tahdidlar. Bu turga kiruvchi tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va bu bilan o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Bugungi kunda informatsion tahdidlar Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim qilib ko‘rsatish, milliy qadriyatlarni noto‘g‘ri talqin qilish, yoshlarni chalg‘itish. Informatsion tahdidlar – ba’zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik tarkib topadi.[59]
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga xavf solib turgan ma’naviy tahdidlarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar:
1. Mutaassiblik.
2. “Ommaviy madaniyat”.
3. Giyohvandlik.
4. OITS illati.
Bu tahdidlar xorijdan eksport qilinayotgani bilan xavfli hisoblanadi. Ular orasida ayniqsa mutaassiblik ma’naviy tahdidi keng ko‘lamligi va salbiy ta’sirga egaligi bilan o‘ta xavfli hioblanadi.
Mutaassiblik deganda insonning biror g‘oya, aqida yoki odatlarga me’yoridan ortiq darajada ishonishi tushuniladi. Mutassib odam odatda o‘zining tushunchalarini va qarashlarini mutlaq haqiqat deb biladi. O‘zgalar fikr-mulohazalarini eshitishni ham istamaydi. “Men haqman, mening bilganlarim to‘g‘ri”, - deb o‘zini ishontiradi va ruhiy jihatdan aynaydi.
Mutaasiblik maqsadli va ongli ravishda g‘alamis va g‘arazgo‘y kimsalar, guruhlar tomonidan targ‘ib qilinadi. Ayniqsa, yoshlarning ongini zaharlab, o‘zlarining zararli maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot va o‘ziga xos rivojlanishini ko‘rolmaydigan kimsalar yoshlarning ongida mutaassiblikni shakllantirishga harakat qilmoqda. CHunki mutaassib odam ota-onasi, yaqinlari va o‘zi yashayotgan jamiyat a’zolarining gap-so‘ziga quloq solmaydi, o‘zi ishongan soxta g‘oyalar uchun harakatga tayyor turadi. Mutaassiblikning shakl va ko‘rinishlari juda ko‘p.
Masalan, diniy aqidaparastlik iymon-e’tiqodni noto‘g‘ri talqin qilishdan iborat. Unga ko‘ra, johil kimsalar iymon borasidagi o‘z tushunchalarini yoshlar ongiga singdiradilar. Haqiqiy diniy manbalarni o‘qitmaydilar. YUrtimizdan chiqqan mutafakkirlar asarlarini o‘qima, ota-onang yoki yoru-birodarlaring gap-so‘ziga quloq solma deya o‘rgatishadi.
Mutaasiblikning zararli oqibatlari moddiy zararlardan o‘nlab barobar ustuvor turadi. Bu zararli oqibatlarning eng asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Mutaasiblik shaxs aqlini zaiflashtiradi.
2. Mutaassiblik shaxs qarashlari va fikrlarini dogmalashtiradi.
Barcha zamonlarda mutaassiblik qoralanib kelingan. Atoqli yozuvchi biri CH.Aytmatov mutaassiblik oxir-oqibatda insonning nasliga daxl qiladi, degan fikrga kelgan (“Qiyomat” asari).
G‘arb madaniyatini ustuvor bilish aqidasi milliy madaniyatga bepisandlikka, ongsizlik va xalqona urf-odatlarni rad qilishga asoslanadi. Ochiq-sochiq kiyinish, jamoat joylarida axloqsizlik qilish, G‘arb turmush-tarziga havas bilan qarash kabi illatlar tabiiy qabul qilinadi. Ko‘r-ko‘rona taqlid “San’atda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida, matbuot vositalarida bo‘lmag‘ur lavhalarni aks ettirish, bema’nilik va hayosizlikni, ba’zan esa, hatto axloqiy buzuqlikni targ‘ib qilishlari ko‘payib qolgani”[60] bunga yordam bermoqda. SHu sababli G‘arbga ko‘r-ko‘rona taqlidchilik aqidasiga qarshi kurashish lozim.
“Ommaviy madaniyat” hodisasi G‘arb olamida XIX asr o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Bu hodisa milliy madaniyatga zid o‘laroq ayrim shaxslar tomonidan o‘ylab topilgan g‘oyalar, udumlar va odatlar majmuini qamrab oladi. “Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim . . . CHetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak”.[61] Bu eng maqbul ta’rifdir. Zero “ommaviy madaniyat” asosini ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlari tashkil qiladi. Masalan, bizning milliy madaniyatimizda hayo, andisha, ibo kabi yozilmagan, ammo qat’iy amal qilinadigan qonuniyatlar bor. Lekin, “ommaviy madaniyat” jamoat joylarida yigit-qizning bemalol o‘pishib turishini tabiiy hol deb qabul qiladi. SHu sababli P. Bыyukenen Amerika xalqiga qarata deydi: “1950 – yillarda boshlangan “ommaviy madaniyat” harakati 1990 – yillarga kelib millatimizni naslsizlik balosiga duchor qildi”[62]. SHu ma’noda, “Ommaviy madaniyat” asta-sekin insonni hayvonga xos xususiyatlarini kuchaytirib boradi.
Bu ma’naviy va axloqiy illatning bir qator ko‘rinishlari mavjud. Uning quyidagi shakl va ko‘rinishlari uchramoqda:
1. Jamoat joylarida o‘pishish, shahvoniy filmlar ko‘rish kabi illatlar paydo bo‘lmoqda.
2. Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi filmlar, kompyuter o‘yinlariga odatlanib qolish.
3. “O‘zim bo‘lsam bo‘ldi, o‘zga bilan nima ishim bor” degan “prinsip”ning tarkib topishi.
4. Barcha narsaga shaxsiy manfaat nuqtai nazardan yondoshish, xudbirlik va h.k.
“Ommaviy madaniyat” san’at va madaniyatimiz sahnalariga daxl qilmasligi kerak. SHu ma’noda, avvalambor “milliy estrada” degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor bershimiz, uni har qanday begona ta’sirdan, ayniqsa, “ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy”[63] “Ommaviy madaniyat” yoshlarning madaniy ongining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning real zararli oqibatlarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1. SHaxs madaniy ongini noto‘g‘ri shakllantiradi.
2. Milliy madaniyatni buzadi.
3. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarni shubha ostida qoldiradi.
“Ommaviy madaniyat” tahdidining oldini olish uchun milliy g‘oyaga asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bundan ayniqsa mazkur g‘oyamizning Komil Inson bo‘lish tamoyiliga suyanish kutilgan samarani beradi. SHu ma’noda “Ommaviy madaniyat”ning zararli ta’sirlaridan farzandlarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat, ijod ahlining o‘rni katta”[64]. Negaki “Biz uchun axloqiy jihatdan noma’lum, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo‘lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarini bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu asosda bunday xurujlarning o‘ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur”. Anglash bilan birga ularni oldini olish chora tadbirlarini kechiktirmay amalga oshirishimiz lozim.
Giyohvandlik deganda inson ongini va fiziologik quvvatlarini sarxush holatga soluvchi moddalarni qabul qilish tushuniladi. Giyohvandlik insonni ma’naviy aynatuvchi vosita sifatida g‘alamis kuchlar tomonidan tarqatilayotgan ijtimoiy illatdir. Turli psixotrop vositalar (o‘simlikning kuchaytirilgan zaharli unsurlari) yordamida insonga ruhiy-ma’naviy va jismoniy salbiy ta’sir ko‘rsatishga urinilmoqda. Bunday hatti-harakat chetdan turib ongli ravishda amalga oshirilmoqda.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, giyohvandlik balosiga ko‘proq 13-16 yoshlar oralig‘idagi o‘smirlarni tortishga harakat qilinadi. CHunki bu yoshda kishi qiziquvchan, hayot ne’matlarini tortib ko‘rishga intiluvchan va salbiy oqibatlarni o‘ylashga ulgura olmaydigan bosqichda bo‘ladi. Natijada bor-yo‘g‘i ikki marta giyohvand modda qabul qilgan o‘smir unga odatlanib qoladi.
Giyohvandlik illatining mazmuni ikki xususiyatdan iborat: 1) insonni ruhiy-ma’naviy falajga aylantirish; 2) insonni jismoniy jihatdan noto‘g‘ri shakllantirish. Bu ikki xususiyat millat salomatligiga daxl qilish bilan kishini hushyor torttiradi. Binobarin, giyohvandlik illatining shakl va turlari balo-qazodek ko‘payib borayotganligi sog‘lom fikrli kishilarni tashvishga solmoqda.
Giyohvandlikning turli shakl va ko‘rinishlari qanday xususiyatga ega bo‘lishidan qat’iy nazar inson, jamiyat va millat uchun xavflidir. Bu baloga qarshi kurashish har bir kishining vijdoniy burchi bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston bugun jahon ahlini tashvishga solayotgan muammolarni hal etishda ham faol ishtirok etmoqda. SHulardan biri OIV/OITS kasalligining tarqalishiga qarshi keng ko‘lamli kurashdir. Bugungi kunda ilm-fanning barchasi sohasida bu kasallikning insoniyat uchun xavfli ekanligi to‘g‘risida bong urilmoqda va keng jamoatchilik uning zararli oqibatlari haqida xabardorlikka ega. Bunda davlat miqyosida olib borilayotgan ishlarning salmog‘i ahamiyatli bo‘lmoqda.
OITS tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurashning mafkuraviy usul va vositalari ham ishlab chiqilishi kerak. Hozircha bu borada amalga oshirilayotgan ishlar etarli emas. CHunki bu masalada aniq mafkuraviy usul va vositalar kerak. Bunday usul va vositalarnii shlab,chiqish kasallikni davolashga emas, uning oldini olishga xizmat qiladi. Mana shu jihati bilan OITSga qarshi kurashning mafkuraviy usul va vositalari katta ahamiyatga ega. Masala qanchalik dolzarb bo‘lsa, uning echimini topish shunchalik sermehnat ishdir. SHunday ekan vaqtni kechiktirmay ishga kirishish lozim bo‘ladi. Quyida taklif qilinayotgan usul va vositalar ustoz – pedagoklar uchun foydali deb uylaymiz.
OITSa qarshi kurashishning mafkuraviy usul va vositalarini tushuntirish fikr uyg‘otish va ko‘nikma hosil qilish xarakterida bo‘lish kerak. Bunda quyidagicha yo‘l tutish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin