Rivojlangan mamlakatlar yoshlari fazilatlari “Komil inson kim? U qanday bo‘lishi kerak?”. Pedagogika tarixi jahonning eng rivojlangan davlatlari yuksalish arafasida shu masalaga tez-tez murojaat qilganini ko‘rsatadi. Ular yoshlarni ertangi kunning yuksak talablariga puxta tayyorlab kirib borishgan. CHunki bu raqobatli dunyoda ertaning talablari yangicha, murakkabroq, qiyinroq bo‘lgan.
Komil inson g‘oyasiga amaliy, pragmatik yondashgan davlatlar tezda nazariy qoidalardan bugungi va ertangi kun uchun “foyda” chiqarib oldi. Eksperimental pedagogika rivojlandi. Tarbiyaning ko‘zga ko‘rinmaydigan nazariy tushunchalarini ko‘rinadigan narsalarga – obrazlarga, bixevior texnologiyalarga aylantirishdi. Hal qiluvchi kuchni oshirib, boshqalardan o‘tib ketishdi. O‘sha sinalgan fazilatlar yangilari bilan boyitilib, shakllantirilmoqda.
Masalan, AQSHning «Amerika — 2000: ta’limni rivojlantirish strategiyasi(1991)» dasturida etuk shaxsga xos fazilatlar sifatida rostgo‘ylik, maqsadda sobitqadamlik, to‘g‘rilik(ro‘y-rostlik), puxtalik va shaxsiy mas’uliyatga ustuvorlik berildi. SHuningdek, yosh amerikaliklarda jasurlik, fidoyilik, barqarorlik, qat’iylik, tirishqoqlik, hamdardlik, bag‘rikenglik singari 60 ta asosiy fazilat shakllantirilmoqda.
Buyuk Britaniyaning ta’lim bo‘yicha Milliy komissiyasi (1993) maktabga: yoshlarda haqiqatparvarlik, boshqalarga hurmat, jamiyat oldida burchga sodiqlik, odamlarga g‘amxo‘rlik, madaniy merosga hurmatni shakllantirish, demokratik erkin jamiyat fuqarolari bo‘lish, bag‘rikenglik fazilatlarini singdirish, axloqan va ma’nan kuchli shaxslar qilib etishtirish vazifalarini yukladi.
Fransiya ta’lim vazirligi ko‘rsatmalarida (1985) mas’uliyatli, g‘ururli, o‘zgalarni hurmat qiluvchi, boshqalar bilan hamkorlikka tayyor, irqchilikka qarshi turuvchi, multikulturalizmni qabul qiluvchi, o‘zining Fransiyaga muhabbatini Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik g‘oyalari bilan uyg‘un rivojlantirgan demokratik jamiyat kishisi fazilatlariga ega shaxsni tarbiyalash ko‘zda tutilgan.