Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Tayanch atama va iboralar



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə41/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Tayanch atama va iboralar: Tinchlik, barqarorlik, tenglik, qonun ustuvorligi, e’tiqoderkinligi, milliy madaniy markaz, vijdon erkinligi.
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Mustaqillikni avaylab-asrash nimalarga bog‘liq.
2. Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining birdamligini ta’minlovchi omillarga nimalar kiradi?
3. Bag‘rikenglik – qanday tushuncha?
4. Har bir fuqaroning ma’naviy burchi nimadan iborat?
5. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari qanday yo‘lga qo‘yilgan?
6. O‘zbekistonda turli xil dinga e’tiqod qiluvchilarining huquqlari qanday himoya qilingan?
7. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Milliy madaniy markazlar qanday vazifalarni bajaradi?
8. O‘zbekistonda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi qonun qachon qabul qilingan?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom, Toshkent. 1996y.
2. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilsin. //Adolatli jamiyat sari. -T.: «O‘zbekiston», 1998.
3. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. T., G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.
4. Jo‘raev Narzulla. Tafakkurdagi evrilish: Istiqbol iztiroblari va quvonchlari haqida mulohazalar. Toshkent. «SHarq», 2001. -83-b.
5. Milliy istiqlol g‘oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000.
8. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – taraqqiyot omili. T.: Fan va texnologialar, 2003.
9.Nazarov Q. Aksiologiya qadriyatlar falsafasi. -T.: Ma’naviyat. 1998.
10 Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar.-T.: O‘zbekiston, 2004.
11.Ortiqov N. Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.- T.: Fan. 1994
12.Tulenov J., G‘ofurov Z. Millatlararo hamjihatlik davlatimiz boyligi. T., “O‘zbekiston”, 1999 yil.
13. Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati. – Toshkent: JIDU, 2005.
18-mavzu: Komil insonni shakllanishida milliy g‘oyaning o‘rni.
Komil inson tushunchasi, komil inson va barkamol avlodga xos bo‘lgan fazilatlar. Barkamollik sifatlari, mezonlari.
O‘zbekistonda ta'lim to‘g‘risidagi qonun. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida barkamol avlod tarbiyasiga munosabat.Ta'lim-tarbiyaning milliy g‘oya negizlariga asoslanishi hamda barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.
Komil insonning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar.
Barkamol avlodning shakllanishi , unga xos xususiyatlar yangicha tafakkur,falsafiy dunyoqarash.ma'naviy axloqiy poklik,yuksak ma'naviyat. Tashabbuskorlik, tadbirkorlik va fan yutuqlaridan bahramand bo‘lish,ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalana olish
1. Komil inson g‘oyasi Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillaridan biri.
2.  Komil inson shakllantiruvchi muhim hayotiy omil - bu ta’lim-tarbiya.
3. Ta’lim tizimidagi islohotlarning barkamol avlod tarbiyasidagi roli
4. SHarqona fazilatlar guldastasi.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari ustuvor bo‘lgan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish orqali ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo milliy mafkuramizning asosiy maqsadidir.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farvonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Bu haqda Birinchi Prezident o‘zining Hushyorlikka da’vat asarida shunday deydi: “Milliy g‘oya, milliy tafakkurni shakllantirmay, ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish, odamlarning ongini o‘zgartirish, ularni umumbashariy maqsadlar sari yo‘naltirishdek murakkab ijtimoiy vazifalarni echish mumkin emas[49]. Darhaqiqat, kuchli fuqarolik jamiyati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki u mamlakatda eski tuzumdan qolgan illatlardan qutulishni buning uchun esa jamiyat hayotining barcha sohalarida qator islohotlarni o‘tkazishni taqazo etadi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat-ma’rifatli insonning ikki qanotidir[50], degan fikrdan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining naqadar uzoqni ko‘ra olishlariga yana bir bor amin bo‘lamiz.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin