Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(10), October, 2023
О‘ZBEKISTONNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHDA HAMDA YOSH AVLODGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING AHAMIYATI
Nurjonov Ulfat Erdanov Asliddin
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O’zbekistonni yangi bosqichga olib chiqishda hamda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik mahoratning ahamiyati, inson ma’naviy kamolotiga ta’siri tahlil qilingan hamda О‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish omillariga bо‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq masalalar ilmiy muhokama qilinganligi. Raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida yangi zamonaviy universitet tashkil etilganligi, ta’lim jarayonlariga xorijlik yetakchi olimlar va pedagoglarni jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy metodologik dasturlar asosida ta’lim-tarbiya berilish haqida to’xtalib ilmiy xulosa va takliflar berilgan.
Kalit sо‘zlar: ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, yosh avlod, barkamollik, pedagogika, shaxs.
ABSTRACT
This article analyzes the importance of pedagogical skills in bringing Uzbekistan to a new level and in educating the young generation, and its impact on human spiritual maturity. Scientific discussion of the issues related to the increasing need for factors to take Uzbekistan to a new stage. In order to prepare a new generation of competitive national personnel, a new modern university was established, leading foreign scientists and pedagogues were involved in the educational process, and scientific conclusions and suggestions were given.
Key words: education, science, education and upbringing, young generation, perfection, pedagogy, personality.
KIRISH
Bugungi kunda jahonda ta’lim hamda ilm-fanga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki taraqqiyotning asosiy o’zaglaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy- ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Bular qatorida, jahondagi progressiv PT degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg‘ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda PTni o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. Shu 16 jumladan, O‘zbekiston olimlari bilan hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham PTlarning loyihalarini tuzish bo‘yicha ancha ishlar qilindi.O‘zining mustaqil ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko‘lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o‘z navbatida, o‘quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg‘armalarida muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning juda ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar (PT) va pedagogik mahorat (PM) bilan uzviy bog‘liq o‘zgarishlardir. O‘quv faoliyati, bu – keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo‘nalishida namoyon bo‘lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |