Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and



Yüklə 83,82 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü83,82 Kb.
#176832
1   2
80-85

MUHOKAMA VA NATIJALAR


O‘quv faoliyati insonning ongli va maqsadli mehnati bo‘lib, u shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash va uning rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O‘quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda bolalikdan boshlab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega. Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida sо‘z ketganda «Yangi О‘zbekiston» iborasi takror-takror tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qо‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofi, jahon hamjamiyatining yurtimizga jiddiy e’tiboridir. Chunki bizga mustaqillik g‘oyasi, istiqlol ruhi tog‘dek tayanch bо‘lmoqda. Bizni ilg‘or niyatlar, buyuk maqsadlar, ulkan marralar yо‘lida adashmaslikka undamoqda, tanlagan yо‘limiz tо‘g‘riligiga inontirmoqda. Qaysi sohani olmaylik, qaysi jabhaga nazar solmaylik, ilgari surilayotgan xalq tashabbusi albatta qо‘llab- quvvatlanmoqda, sharoit yaratilmoqda, investitsiya kiritilmoqda, rag‘batlantirilmoqda, bir sо‘z bilan aytganda, xalqning roziligi yо‘lida tinmay izlanmoqda. Zero, iqtisodiyotni siyosatdan, ma’naviyatni ta’lim-tarbiyadan ayro kо‘rib bо‘lmaganidek,
«xalqimizning ulug‘vor qudrati jо‘sh urgan hozirgi zamonda О‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bо‘ladi. Chunki bugungi О‘zbekiston – kechagi О‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas», deydi davlat rahbari.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning har bir chiqishlari, ma’ruzalari va nutqlarini biz ziyolilar doimo intiqlik bilan kutamiz. Buning sababi nimada? Eng avvalo bu chiqishlarda yangi fikrlar, yangi g‘oyalar, taraqqiyotimizni belgilaydigan ustuvor yо‘nalishlar, О‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish omillari, shu bilan bir qatorda rivojlanishimizga g‘ov bо‘layotgan holatlar, mavjud muammolarni hal qilishning nostandart yechimlari aniq, ravon, sodda tilda ifodalab beriladi. Misol sifatida mustaqilligimizning 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi[1], BMT Bosh assambleyasining 75- sessiyasidagi[2], Konstitusiyamizning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi, О‘zbekiston Yoshlari forumidagi nutqlari va nihoyat Oliy majlisga qilgan Murojaatnomani keltirish mumkin[3]. Eng muhimi - barcha ma’ruzalardagi markaziy masala bu - xalqimizning turmush darajasi, farovonligini oshirish, О‘zbekiston xalqiga munosib turmush sharoitini yaratish. Sobiq Ittifoq davrida shunday shior bо‘lardi: ”Bizdan keyingi avlod albatta kommunizmda yashaydi”, ya’ni, baxtli hayot faqat kelajakda bо‘ladi, degani. Muhtaram Prezidentimiz esa xalqimiz ertaga, indinga, kelajakda emas, bugun baxtli hayot kechirishga munosib, degan g‘oyani doimo ilgari suradilar. Shu о‘rinda mashhur donishmand Konfusiyning quyidagi xikmatini keltirmoqchiman: “Hukmdor xalqni о‘z farzandidek sevishi, fuqarolar esa hukmdorni о‘z otasidek hurmat qilib, e’zozlashi lozim”.
Murojaatnomada ustuvor yо‘nalish sifatida ta’lim-tarbiya sohasiga alohida urg‘u berildi. Chunki har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bо‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi о‘rin tutadi. Shu maqsadda “Yangi О‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu о‘rinda bir narsaga e’tiboringizni qaratmoqchi edim. Biz qachonki ta’lim tо‘g‘risida gapirsak, albatta tarbiyani ham qо‘shib aytamiz. Sababi ta’lim va tarbiya yagona, uzviy jarayon. Ta’lim bor joyda, albatta tarbiya ham bо‘ladi. Lekin bu masalada boshqacha qarashlar ham bor. Ya’ni tarbiya oilada beriladi, ta’lim muassasalarida esa faqat ta’lim berish kerak, degan. Mening fikrimcha, maktab, litsey, texnikum, universitet о‘qituvchisimi, shu bilan birga u ham tarbiyachidir. Nafaqat ta’lim dargoxida, balki mahallada ham, oilada ham. Chunki azal-azaldan qishloqda ham, mahallada ham о‘qituvchiga munosabat, e’tibor boshqacha bо‘lgan. Ziyoli inson sifatida uning fikrlariga quloq solishgan.

Davlatimiz rahbari “О‘qituvchi va murabbiylar kuni”da sо‘zlagan nutqlarida shunday ta’kidladilar: “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qо‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga kо‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bо‘lg‘usi Renessansning tо‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-о‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining tо‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman


– hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qо‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bо‘ladilar”.
О‘zbekiston Prezidenti tomonidan Murojaatnomada keltirilgan quyidagi vazifalar professor-о‘qituvchilar jamoasi uchun ta’lim-tarbiya sohasida tub о‘zgarishlarni amalga oshirishdek ulkan mas’uliyat yuklaydi: “Biz о‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qо‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning uchun eng avvalo yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yо‘lga qо‘yamiz”.
Murojaatnomada bola tug‘ilganidan to 30 yoshgacha bо‘lgan davrda uni har tomonlama qо‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib о‘rin topishi uchun kо‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi zarurligi ta’kidlanadi. Chunki dunyo tajribasidan ma’lumki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga о‘n, yuz barobar kо‘p foyda keltiradi.
Sо‘nggi yillarda milliy ta’lim tizimida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu о‘zgarishlarni quyidagilarda kо‘rish mumkin.

  1. Maktabgacha ta’lim tizimi tubdan о‘zgarmoqda. Aloxida vazirlik tashkil qilindi. Ilgari maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta’limi vazirligi tasavvurida edi. Ushbu vazirlik respublikamizdagi eng katta vazirlik hisoblanardi. Bolalar bog‘chalari,

10 mingga yaqin maktab, pedinstitutlar, pedkollejlar va x.z. Maktabgacha ta’lim qamrovi taxminan 17-18 foizni tashkil qilardi. 2021 yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkazilishi, qо‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazilishi kutilmoqda.
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash uchun 2021 yili 30 ta yangi maktab qurilishi, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion sо‘m ajratilishi reja qilingan. Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, о‘quv dasturlari, о‘qituvchi va domlalar uchun uslubiy qо‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish ishlari bajariladi. Murojaatnomada bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada kelgusi о‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti о‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy о‘quv dasturi” joriy etiladi. Umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bо‘lishi ta’minlanadi. Boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan о‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq tо‘lanashi kо‘zda tutilgan. 2021 yilda
10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab о‘z faoliyatini boshlaydi.
Raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etiladi. Mazkur universitetda xorijlik yetakchi olimlar va professor-о‘qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim-tarbiya beriladi.

  1. Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. 2021 yildan boshlab oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi. OTMga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga kо‘paytirib, 2 mingtaga yetkazamiz. Kirish testlarida eng yuqori ball tо‘plagan 200 nafar talabaga 4 yil mobaynida Prezident stipendiyasi beriladi[3].

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari uchun 1993-2003 yillarda o‘tkazilgan tanlov natijalarida 55 aspirant va 20 talaba-magistrantlar Prezident Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldilar. 2004 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat stipendiantlari seminar – ko‘rgazmasi tashkil etildi va o‘tkazildi».2005 yil 7 mayda Toshkentda Konfusiy instituti ochildi.O‘zb.Resp. Prezidentining 2007 yil 5-sentyabr qaroriga muvofiq Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.2003 – yil 1-iyuldan “Iste’dod” jamg‘armasi o‘z faoliyatini boshladi.Ta’lim soxasiga sarflanayotgan xarajatlar ulushi Ya.I.M. – tarkibida 12% ni tashkil etmoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 3-5% dan oshmaydi.Bugungi kunda birgina o‘rta-maxsus va kasb-xunar ta’limida turli soxa va yo‘nalishlar bo‘yicha 840 mingga yaqin zamonaviy bilim va kasbni egallagan yuqori malakali kadrlar tayyorlanganligi bu soxada ijobiy ma’nodagi “portlash effekti” ro‘y bera boshlaganidan dalolatdir.
Bugungi kunda Oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari hamda umumta’lim maktablari huzurida 1187 ta axborot –resurs markazlari mavjud bo‘lib, ularda o‘zbek, qoraqalpoq, rus va boshqa tillardagi 15 mln. Nusxadan ortiq darslik, o‘quv.-usl., badiiy, texnikaviy va ma’lumotnoma yo‘sinidagi kitobi bo‘lgan 15276 ta kutubxonani birlashtirgan. Ularning 13 mln.ga yaqin kitobxonlari bor. Bu borada 2006 yil 20 iyundagi O‘zbekiston Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi” qarori diqqatga sazovordir.2002 – yilda mamlakatimizda Internet tizimidan 136 ming kishi foydalangan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 mln.ga yetdi. “UZ” domen zonasidagi veb-saxifalar soni o‘n karra ko‘payib, 4,5 mingdan ortiqni tashkil qildi.2004-2009 yillarga mo‘ljallangan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturining” xayotga tadbiq etilishi ta’lim sifati va mazmun – mohiyatini tubdan yaxshilash imkonini berdi. “Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n mingga yaqin umumta’lim maktabining modiy-texnik bazasini mustaxkamlash, ta’lim jarayonining mazmsunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarning mexnatini modiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda”.
Bozor munosabatlari qonuniyatlariga kо‘ra, mahsulotning sifatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadigan asosiy omillardan biri bu raqobatdir. Mamlakatimizda turli sohalarda, jumladan, qishloq xо‘jaligi, qurilish, sanoat, tibbiyot, farmatsevtika va xokazo sohalarda davlat-xususiy sherikchiligi joriy qilingani holda ta’lim tizimida mavjud emas edi. Endi esa maktabgacha ta’lim, о‘rta ta’lim, oliy ta’limda ham sog‘lom raqobat muhiti yaratilmoqda. Xususiy bog‘cha, maktab, universitetlar tashkil qilinmoqda. Davlat-xususiy sherikchilik asosida Qо‘qon nodavlat universiteti, “Tashkent International University” xalqaro universiteti, Britaniya menejment universiteti, TEAM universiteti, Akfa universiteti kabi nodavlat oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi .

XULOSA


Xulosa qilib shuni aytish mumkin yoshlarimizda tanlash imkoniyatini paydo qilish orqali ilm-fanga muhabattini uyg’otish, tabiiy ravishda ta’lim muassasalari о‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. OTM moliyaviy tomondan mustaqil bо‘layotganini e’tiborga olsak, endi ular о‘rtasida kо‘proq yoshlarni jalb qilish uchun amaliy harakatlar olib boriladi. Bu esa ta’limga o’zgacha rukn beriladi deb xisoblayman.


REFERENCES


  1. SH.Mirziyoyev.О‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma tо‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqi. //Xalq sо‘zi №186 son.2020.

  2. О‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75- sessiyasidagi nutqi // https://president.uz/uz/lists/view/3851.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.2020 yil 29 dekabr https://www.youtube.com
Yüklə 83,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin