Hamjihatlik, ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlik - milliy rivojlanish g‘oyasi amalga oshuvining asosiy omili. Hamjihatlik, ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlik garchi ijtimoiy hodisa bo‘lsa-da, individ, konkret shaxs madaniyati, ma’naviyati, e’tiqodi va dunyoqarashiga bog‘liq. Individ, shaxs faoliyati ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlikka konkretlik bag‘ishlaydi, ularni ijtimoiy voqelikda reallashuvini belgilaydi.
Milliy rivojlanish g‘oyasi - konseptual omil, faoliyat strategiyasi bo‘lsa, ijtimoiy hamkorlik uni amalga oshuvini ta’minlovchi shaxslarning faoliyatidir. Ijtimoiy hamkorlik faqat xalqning, millatning hamjihatligi asosida yuzaga keladi. «Millatning, xalqning hamjihatligi esa har qanday taraqqiyotning garovidir»1.
Milliy rivojlanish aynan shu ijtimoiy hamjihatlik, ya’ni millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorlik bor joyda mavjud bo‘ladi. Milliy rivojlanish g‘oyasi o‘z mazmuniga ko‘ra serqirra va murakkab bo‘lib, u mamlakat xalqlarini bir maqsad, bir orzu atrofida birlashtiradi, ularga tanlangan taraqqiyot siyosiy yo‘lini muqarrar yuksalish yo‘li ekanligiga ishonch tug‘diradi.
Tayanch atama va iboralar: Ko‘pmillatlilik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, bag‘rikenglik, tolerantlik, hamjihatlik, hamkorlik, ijtimoiy hamkorlik.
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 1. O‘zbekistonda qancha millat va elatlar istiqomat qilishadi?
2. Ko‘pmillatlilik mamlakat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi.
3. Milliy g‘oyaning qaysi tamoyillari turli millat vakillarining hamjihatligini ta’minlashga xizmat qiladi?
4. “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyatdir” tamoyilini amalga oshirish yo‘lida mamlkatimizda qanday ishlar qilindi?
5. Bag‘rikenglik va diniy bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz?
6. Ijtimoiy hamkorlik tamoyilini mazmun mohiyatini va amal qilish omillariga nimalar kiradi?
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida Farmoni, 2017 Yil 7 Fevral, PF-4947-Son
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom, Toshkent. 1996.
2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari / O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – B.
3. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
4. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilsin. //Adolatli jamiyat sari. -T.: «O‘zbekiston», 1998.
5. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. T., G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.
6. Jo‘raev Narzulla. Tafakkurdagi evrilish: Istiqbol iztiroblari va quvonchlari haqida mulohazalar. Toshkent. «SHarq», 2001. -83-b.
7. Milliy istiqlol g‘oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000.
8. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – taraqqiyot omili. T.: Fan va texnologialar, 2003.
9.Nazarov Q. Aksiologiya qadriyatlar falsafasi. -T.: Ma’naviyat. 1998.
10. Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar.-T.: O‘zbekiston, 2004.
11. Ortiqov N. Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.- T.: Fan. 1994
12.Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati. – Toshkent: JIDU, 2005.
13. Tulenov J., G‘ofurov Z. Millatlararo hamjihatlik davlatimiz boyligi. T., “O‘zbekiston”, 1999 yil.