Ona tili- millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida Óz atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millat óz vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bólsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bóladi.
Dunyoda millatning borligini bildiradigan oynai hayoti bu uning tili va adabiyotidir
Millatning millat ekanini belgilovchi birlamchi omil - uning tili va adabiyotidir
A.Avloniy
Ona tili bu - millatning ruhidir. Óz tilini yóqotgan har qanday millat ózligidan judo bólishi muqarrar
Ózbekiston Respublikasining davlat tili Ózbek tilidir. 1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili tóǵrisida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish uchn juda katta imkoniyatlar berdi. Ózbek tili savlatimizning bayroǵi, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yÓli bilan himoya qilinadigan muqaddas biriga aylanadi. Ótgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizagi órni, va ta’sirini kuchaytirish yólida ǵoyat ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida Ózbek tilining qóllanish doirasi nihoyatda kengaygani, uning xalqaro miqyosida ham muloqot vositasiga aylanib borayotgani juda quvonarlidir. Tilga e’tibor – elga e’tibor, deydilar.
Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridan
Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas- tuganmas buloǵidir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom kórsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
SH.MIRZIYOYEV
Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni “Ózbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari tóǵrisida” farmon qabul qildi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Ózbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
Ózbekiston Respublikasining davlat tili Ózbek tilidir.
“Davlat tili haqida”gi qonun 1989-yil 21-oktyabrda Ózbekiston Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan bÓlib, u 30 moddadan iborat edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning 24 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Respublikamizning har bir fuqarosi Óz ona tili bilan bir qatorda Ózbekiston Respublikasining davlat tilini ham bilishi kerak. Davlat tiliga hurmat va e’tiborning birinchi belgisi shu tilda tÓǵri chiroyli sÓzlash va yozishdir.
Orfoepiya qoidalari
Orfoepiya (grekcha “tóǵri” va “nutq” elementlaridan tuzilgan) adabiy talaffuz qoidalari tóplamidir.
Adabiy til qonuniyati asosida tóǵri yozish qanchalik muhim bólsa, tóǵri talaffuz qilish ham shunchalik zarurdir. Talaffuzni belgilashda esa, tovudhlarning tóǵri aytilishi ahamiyatlidir. Tovushlar buzib talaffuz qilinsa, sózning manosi buziladi, ta’siri yóqoladi. Adabiy talaffuz qoidalarini belgilashda tovushlari, urǵu, intonaciya kabi vositalarga asoslanadi.
Oǵzaki nutqning tóǵri talaffuz qilish normasi sifatida kópchilik shevalarga xos bólgan, umumxalqtilining talaffuzini ózida aks ettiradigan holatlar olinadi. Masalan, maktab, odob, kitob kabi sózlarning oxirida b undoshining oǵzaki darajangsizlashib p tarzida talaffuz etilishi; dóst, gósht, xursand baland kabi sózlarning oxirida t, d tovushlarning oǵzaki nutqda tushib qolishi kópshilikning, umumxalq tilining talaffuzini ózida aks ettiradi.