Mavzu: Og‘zaki adabiy nutq
Fan: Yozish va taqdimot
qilish ko‘nikmalari
O‘qituvchi: Valiyeva
Nargiza
1
To‘g‘ri talaffuz qilish.
2
Nutqiy vaziyatlarda og‘zaki nutq tuzish.
3
Hisobot chizmalarini og‘zaki ifodalash.
R E J A :
4
Og‘zaki nutqni baholash.
Orfoepiya (yun. orfo-to‘g‘ri, epos-nutq, talaffuz)
tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi;
2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼminlovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish.
Nutqning harakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz.
Maʼruzachilar, aktyorlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettiradi, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi.
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir
NUTQ HAR TOMONLAMA YAXSHI BO‘LISHI UCHUN O‘Z OLDIGA QUYIDAGI TALABLARNI QO‘YADI Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi». Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir.
Nutqning aniqligi - bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma`lum. G’arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi»,- degan bo`lsa, Kaykovuz «Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlag’anda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir.Agar gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi.
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik vaaniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug`aviy birlik ham matiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir.
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Yaxshi, ideal nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, turli til, g`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lishi kerak.
Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhimdir.
NUTQ
YOZMA
OG‘ZAKI
INTONATSIYA
MATN
RAVON
OG‘ZAKI
Boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda og‘zaki nutqqa o‘rgatish.
Dalada qо‘ng‘iz uchyapti. U qanday ovoz chiqaryapti?