Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Inson hayotida iqtisodiy va ma’naviy omillar birligi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə36/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Inson hayotida iqtisodiy va ma’naviy omillar birligi
Inson o‘z hayoti davomida iqtisodiy omil vositasida moddiy farovonligiga erishadi, ma’naviy omil vositasida insoniy tabiatini yuksaltirib boradi. Birinchi Prezident mazkur masalaga alohida diqqatni tortib, “Odamning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday yo‘l tutishi, ularning qay biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, ba’zan esa ziddiyatli fikr va qarashlar bo‘lgani va bunday tortishuvlar hozirgacha davom etayotganini kuzatish qiyin emas”. [42] – deydi. Albatta, masalaga bunday yondoshish haqiqiy yo‘lni topish imkonini beradi. YUrtboshimiz mazkur masalaning echimini topishga kirishar ekan, ularni quyidagi tarzda hal qiladi:
1. “. . . Moddiy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi quyish, ularning birini ustun deb bilgan holda, tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabul qilish qandaydir bir yoqlama qarash ifodasi, deb aytsak, xato bo‘lmaydi”.[43] Bizningcha, bu yondashuv eng maqbul qarashlardan biridir.
2. “. . . Inson o‘z timsolida ham moddiy, ham ma’naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, YAratganning buyuk va sirli mo‘‘jizasidir”.[44] Haqiqatdan ham inson borlig‘i iqtisodiy va ma’naviy omilning uyg‘un ekanligidan dalolat beradi hamda bu muhim dalildir. CHunki inson vujudi moddiy elementlar bilan, ruhi (ma’naviyati) esa ma’naviy-shuuriy elementlar bilan tirikdir. SHu ma’noda bu ikki omilning birortasi ustun quyilsa yoki zaiflashsa inson borlig‘ining tirikligiga putur etadi.
3. “. . .Insonga xos orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi”.
Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma’nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi [45].
Tayanch atama va iboralar: Ma’naviyat, iqtsodiyot, ma’naviy hayot, moddiy hayot, iqtisodiy omil, ma’naviy omil, ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin