Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Ommaviy madaniyat tarqalishining asosiy ijtimoiy sababi esa G‘arbdagi an’anaviy qadriyat va ma’naviyatning inqiroz sari yuz tutishidir



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə53/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Ommaviy madaniyat tarqalishining asosiy ijtimoiy sababi esa G‘arbdagi an’anaviy qadriyat va ma’naviyatning inqiroz sari yuz tutishidir.
XX asrda sodir bo‘lgan jahon urushlari g‘arb qadriyatlari tizimida parokandalikni kuchaytirdi. SHu tariqa ikkiyuzlamachilikka asoslangan g‘arb axloqiy me’yorlari ham yosh avlodni qanoatlantirmmay qo‘ydi. Ular «seksual inqilob”, turmush hamda muloqot erkinligi va shu kabi boshqa huquqlarni talab qilib chiqdi. Natijada o‘tgan asrning 60 yillari ikkinchi yarmida G‘arb davlatlarida yoshlarning ommaviy noroziliklari yuz bera boshladi. G‘arbda axloqiy qadriyatlar ma’lum darajada qayta baholandi. Behayolikni ochiq tasvirlaydigan san’at asarlariga nisbatan taqiqlar ancha yumshadi.
Bunday o‘zgarishlar natijasida Germaniya va Italiya kabi davlatlarda yoshlarning «qizil brigadalari” deb atalmish terrorchilik to‘dalari, G‘arbning deyarli barcha mamlakatlarida o‘zlarini “Xippi” deb ataydigan guruhlar paydo bo‘ldi. Xippilar ochiqchasiga an’anaviy odob-axloq qoidalarini inkor qilib, erkin jinsiy aloqalarni yoqlab chiqdi. Ular yaxshi kiyinishni, ayniqsa bezaklarni, shuningdek oilaviy turmush qoidalarini shaxsning tabiiy intilishini cheklaydigan ikkiyuzlamachi burjua axloqining sarqitlari, deb e’lon qildi.
70-yillarning ikkinchi yarmi va 80-yillarda xippilar o‘rnida “pank”lar harakati paydo bo‘ldi. Panklar-aksilmadaniyat ruhida tarbiya ko‘rgan yoshlarning lyumpen tubanlashgan qatlamidir. Ular aksilmadaniyatning asosiy tayanchi, iste’molchisi va targ‘ibotchisiga aylandi. Tan olish kerakki, qisqa muddat davom etgan xippi va panklar harakati ommaviy tus olmadi. Ammo 60-70 – yillardagi yoshlar harakati G‘arb dunyosida jamiyatning madaniy hayotida sezilarli salbiy iz qoldirdi, aksilmadaniyatni qonuniylashtirdi, ommaviy madaniyatni sayozlashuviga katta hissa qo‘shdi.
Ommaviy madaniyatning tarqalishi sabablari orasida ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi mavjudligini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Ommaviy madaniyatning tarqalishiga turtki bo‘lgan yana bir sabab shundaki, u ba’zi jihatlari bilan kompensatorlik vazifasini bajaradi., odamlarni turmush muammolaridan, turli qiyinchiliklardan, shaxsiy nomukammallik tuyg‘usidan vaqtinchalik xalos qiladi. Odamlar xayolan o‘zlarini ermak teleseriallar qahramoniga o‘xshatadi, to‘kis hayotga real dunyoda etisha olmagan kishi filmlar va seriallar orqali virtual (xayolan) tarzda farovonlikdan, go‘zal turmushdan go‘yoki bahramand bo‘ladi. Ommaviy madaniyatning aynan shunday kompensptorlik xususiyati uni avomga jozibador qilib ko‘rsatadi.Bunday asarlar oddiy odamga xush kayfiyat bag‘ishlasa, uning kompyuter o‘yinlari kabi eng zamonaviy shakllari kishini monitorga, aniqrog‘i undagi o‘yinga ruhan tobe qilib qo‘ymoqda.
O‘tmishda kompensatorlik vazifasini diniy pand-nasihatlar bajargan bo‘lsa, endilikda ommaviy madaniyat bajarmoqda.
“Ommaviy madaniyat” milliy g‘oyaga zid holatda – axloqsizlikning targ‘iboti bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘lmoqda. YAngi hayot asoslari barpo etilayotgan bizning yurtimizda bu muammo alohida ahamiyatga ega. CHunki sobiq tuzum barbod bo‘lishi oqibatida vujudga kelgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, mohiyatini ma’naviy va axloqiy tubanlik tashkil etgan “ommaviy madaniyat” milliy madaniyatimizga jiddiy xavf solmoqda.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda”[71].
“Milliy istiqlol g‘oyasi” darsligi mualliflari talabalar tushunadigan darajada sodda misollar bilan ushbu jarayonni yoritib berganlar: “SHunday g‘oyalar borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni taqillatib kirib keladi. SHunday g‘oyalar ham borki, ular “o‘g‘ri” kabi tuynuk qidiradi. Eshik qoqib kelayotgan g‘oyalar milliy ma’naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu umuminsoniy ezgu g‘oyalardir”[72].
Albatta, milliy ma’naviyatlar o‘zaro ta’sir jarayonida rivojlanadi. Har qanday xalq ma’naviyati rivojiga nazar tashlansa, uning boshqa xalqlar udum va an’analarini qanchalik o‘zlashtirib va rivojlantirib borganligini ko‘rish mumkin.
Umuman olganda, globallashuv tufayli paydo bo‘lgan qulayliklar g‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan kuchlar uchun ta’sirchan vosita sifatida chiqmoqda. Bunday vositalardan ular iqtisodiy salohiyat, texnika va texnologiya sohasidagi ilg‘orlikdan so‘ng, ma’naviy sohada ham ustunlikni qo‘lga kiritish hamda o‘z falsafasi, ijtimoiy taraqqiyot me’yor va mezonlarini sun’iy ravishda “jahon standarti” darajasiga ko‘tarish yo‘lida keng foydalanmoqda.
Albatta, bunday yo‘l tutishdan mafkuraviy, siyosiy sohalarda gegemonlik ilinjida bo‘lgan ayrim kuchlar manfaatdor emas. SHuning uchun ular ma’naviyatni pasaytirish, ma’naviy tanazzulga olib boradigan usullardan foydalanishni ko‘zlaydilar. Bugungi kunda g‘oyaviy raqiblarimiz tomonidan “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqsizlikni - “shaxs erkinligi”, behayolikni - “demokratiya tantanasi” deb, targ‘ib etmoqdalar. O‘zligini, ma’naviyati va milliy g‘ururini saqlab qolishga bo‘lgan tabiiy intilishlar esa eskilikka qaytish, ozodlikni bo‘g‘ish, demokratiya taqchilligi sifatida talqin qilinadi.
„Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim . . . CHetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak”[73]. Demak, “ommaviy madaniyat” asosini ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlari tashkil qiladi. Masalan, bizning milliy madaniyatimizda hayo, andisha, ibo kabi yozilmagan, ammo qat’iy amal qilinadigan qonuniyatlar bor. Lekin, „ommaviy madaniyat” jamoat joylarida yigit-qizning bemalol o‘pishib turishini tabiiy hol deb qabul qiladi. SHu sababli P. Byukenen Amerika xalqiga qarata deydi: „1950 – yillarda boshlangan „ommaviy madaniyat” harakati 1990 – yillarga kelib millatimizni naslsizlik balosiga duchor qildi” (Smert Zapada. – M.: 2004). „Ommaviy madaniyat” asta-sekin insonni hayvonga xos xususiyatlarini kuchaytirib boradi.
Bu ma’naviy va axloqiy illatning bir qator ko‘rinishlari mavjud. YUrtimizga uning quyidagi shakl va ko‘rinishlari uchramoqda:
5. Axloqiy buzuqlik. Jamoat joylarida o‘pishish, shahvoniy filmlar ko‘rish kabi illatlar paydo bo‘lmoqda.
6. Zo‘ravonlik. Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi filmlar, kompyuter o‘yinlariga odatlanib qolish.
7. Individualizm. „O‘zim bo‘lsam bo‘ldi, o‘zga bilan nima ishim bor” degan “prinsip”ning tarkib topishi.
8. Egotsentrizm. Barcha narsaga shaxsiy manfaat nuqtai nazardan yondoshish va h.k.
„Ommaviy madaniyat” yoshlarning madaniy ongining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularni xudbin va xudkush qilib voyaga etkazadi. SHu ma’noda „ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan „asar”lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu, musiqa va ijro usullari, balki sahna harkatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy „ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga taqlid qilish, „yulduzlik” kasaliga chalinish holatlari tez-tez uchrab turayotgan chinakam san’at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi” (YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – b.142). Bunday salbiy holatlar yoshlar madaniy ongining noto‘g‘ri shakllanishiga olib keladi.
YAna shuni ta’kidlash lozimki, „bizning milliy mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so‘zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab buzib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o‘zi uchun qandaydir yangicha uslub deb bilayotgani san’atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas”
Zero, “ommaviy madaniyat”ning real zararli oqibatlarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
4. SHaxs madaniy ongini noto‘g‘ri shakllantiradi.
5. Milliy madaniyatni buzadi.
6. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarni shubha ostida qoldiradi.
Ommaviy madaniyat”ni oldini olish yo‘llari.
„Ommaviy madaniyat” tahdidining oldini olish uchun milliy g‘oyaga asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bundan ayniqsa mazkur g‘oyamizning Komil Inson bo‘lish tamoyiliga suyanish kutilgan samarani beradi. SHu ma’noda „Ommaviy madaniyat”ning zararli ta’sirlaridan farzandlarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu-fan va madaniyat, ijod ahlining o‘rni katta” (YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – b. 133). Bu borada ayniqsa qo‘shiqchilik san’ati vakillarining o‘rni beqiyosdir. San’atkorlarimiz quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:
1. Qo‘shiqlarda Vatan, Mehnat va pok insoniy tuyg‘ularni kuylash.
2. Kliplarni mentalitetimiz va odob-axloq qoidalariga mos ravishda ishlash.
3. Musiqada milliy ohang va originallikka diqqat qilish.
Negaki “biz uchun axloqiy jihatdan noma’lum, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo‘lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib kelayotgan „ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarini bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu asosda bunday xurujlarning o‘ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur”.[74]
Sirasini aytganda, murakkab mafkuraviy jarayonlar, ma’naviy tahdidlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash uchun ularning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash kabi alohida ahamiyatga ega vazifalarni samarali bajarish ob’ektiv zaruriyatdir.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin