Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Konsepsiyaning asosiy maqsadi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə7/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Konsepsiyaning asosiy maqsadi
Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishdan iborat milliy strategiyani amalga oshirish Konsepsiyaning asosiy maqsadini tashkil etadi. Mazkur maqsad doirasida quyidagi yo‘nalishlarda keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
- o‘zbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy-ma’rifiy va axloqiy merosini har bir fuqaroning ma’naviy mulkiga aylantirish, milliy o‘zlikni anglatish maqsadini ustuvor yo‘nalish sifatida amalga oshirish, milliy g‘oya va mafkurani xalqimizning ongi va qalbiga chuqur singdirish, uni ruhiy va ma’naviy kuch-qudrat manbaiga aylantirish;
- Vatan ozodligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etib borish, siyosiy jarayonlarga, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida jamiyatning har bir a’zosi qalbida milliy g‘ururni kuchaytirish, hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaslik tuyg‘usini kamol toptirish;
- aholining barcha qatlamlarida, xususan, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatda bo‘lish hissini uyg‘otish;
- jamiyatda o‘zaro insoniy munosabatlar, izzat-ehtirom, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini shakllantirish jarayonlarini milliy g‘oya va ma’naviyat tamoyillari bilan uyg‘un tarzda tizimli va uzluksiz targ‘ib etib borishni yo‘lga qo‘yish;
- turli ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida tarqatilayotgan, urf-odatlarimiz, milliy mentalitetimizga zid, odobsizlik va axloqsizlikni targ‘ib etuvchi vayronkor g‘oyalarning yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir o‘tkazishining oldini olish;
- axloqiy, tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlarda yuksak ma’naviy va madaniy sifatlarni shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash, g‘urur va iftixor, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, boy tarixiy-madaniy merosga asoslangan holda mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, xalqimizning azaliy an’ana va urf-odatlariga asoslangan holda jamiyatda o‘z o‘rnini topish, kasb-hunar egallashga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish;
- Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning etakchilik xususiyatlarini namoyon qila olishlari hamda boshqaruv mahorati malakasini hosil qilishlariga keng qamrovli imkoniyatlar ochib berilishini ta’minlash;
- yoshlarning ilm-fan sohasidagi faolligini oshirish, ilmiy-ijodiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish;
- yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmunini keng targ‘ib etish orqali ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
- yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarini keng targ‘ib etish va ularning ongida barkamol shaxs idealini shakllantirish orqali zamonamiz qahramonlarini kamol toptirish;

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin