Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə6/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

3-mavzu: Mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi.
Mustaqillik ilk yillarida O‘zbekistonda jamiyat g‘oyaviy - mafkuraviy asoslarining o‘zgarishi. Kommunistik g‘oyadan voz kechilishi. Mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining asoslariga yangicha qarash, uning huquqiy asoslari. O‘zbekistonda jamiyat ijtimoiy hayot sohalarining siyosiy institutlar mafkuralar va fikrlar hilma-hilligi asoslanishi. Hech bir mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqishga ehtiyoj.Prezident Islom Karimov asarlarida milliy istiqlol g‘oyasining nazariy va amaliy jihatdan asoslanishi.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi uning mazmun va mohiyati.
1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishidan maqsad.
2. Mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash.
3. Konsepsiyaning asosiy maqsadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasiga ta’rif berar ekan, “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”,- deydi.
Ma’lumki, XXI asr insoniyat tarixida tez sur’atlar bilan rivojlanish davri, iqtisodiy, ijtimoiy-ciyosiy munosabatlarning mazmunan yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, dunyo mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik munosabatlari tobora kengayib bormoqda.
Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, tom ma’nodagi yangi davlat va jamiyat institutlarini barpo etish imkoniyati vujudga keldi.
O‘tgan davr mobaynida yurtimizda mohiyatan yangi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy munosabatlar tizimi tarkib topdi. Dunyoqarashi, ma’naviyati va intellektual salohiyati tamomila yangicha bo‘lgan yangi avlod shakllandi. Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barchadan yangicha qarash va fikrlashni talab etmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbiga ona yurtga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda[5].
Jahonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish tobora dolzarblashmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osuda va farovon turmushimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan turli xil mafkuraviy tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish va bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining amaliy targ‘ibot yo‘nalishida faoliyat olib boradigan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda ilmiy-amaliy yo‘nalishda faoliyat olib boradigan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Kengashga a’zo tashkilotlar, tegishli muassasa va korxonalar ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyatining muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda.
SHiddat bilan o‘zgarib boryotgan zamonda, jamiyatimizda, kerak bo‘lsa, butun dunyoda ro‘y berayotgan jarayonlardan ogoh bo‘lib borishni talab etmoqda. Tez sur’atlarda o‘zgarib borayotgan zamon O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan samarali kurasha oladigan jonkuyar targ‘ibotchilarni to‘la safarbar etishni taqozo etmoqda. Zero, hozirgi intellektual-axborot asri kun tartibiga voqealar rivojidan bir qadam oldinda yurish, ijtimoiy hodisalarning o‘zgarish tendensiyalarini ilmiy bashorat qilib borish asosida faoliyat yuritish, davr bilan hamnafas yashashni taqazo etmoqda.
Bunday vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Faqatgina mustaqil fikrlaydigan, iymon-e’tiqodi mustahkam, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ezgu qadriyatlarga sadoqatli bo‘lgan insongina bunday qutqularga uchmasligi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi mumkin. Buning uchun, albatta, birinchi navbatda, farzandlarimizni yuksak bilim va ma’naviy fazilatlar bilan qurollantirishimiz, bizga yot va begona bo‘lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun xalqimizga bu boradagi bor haqiqatni etkazish, bunday xavf-xatarlardan odamlarni, avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan himoya qilishimiz zarur”, degan fikrlari bizlar uchun dasturilamal bo‘ladi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin