"Qizil Kitob -- bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas'uliyatini olgan" (Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobidir.

Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 - tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.

Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: - bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa - (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4qismi esa ) inson ta'sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta - sen o’z uyingni buzyapsan!