8.9-shaklda og’ma elliptik konusning N1(N1v) gorizontal tekislik bilan kesshishi ko’rsatilgan. Bunda konusning bir necha yasovchilari o’tkaziladi va ularning kesuvchi tekislik bilan kesishish nuqtalari: dastlab A, V, S, D tayanch nuqtalari, so’ngra Ye va F kabi oraliq nuqtalari yasaladi. Bu nuqtalarni tekis egri chiziq bilan tutashtirsak, kesishish chizig’i xosil bo’ladi.

Kesishish chizig’ining A″B″ frontal proyeksiyasi kesuvchi tekislikning frontal izi bilan ustma-ust tushadi. A(A′, A″) va B(B′, B″) nuqtalarning A′ va B′ gorizontal proyeksiyasi ular orqali o’tuvchi S1 va S2 yasovchilarning gorizontal proyeksiyalari S′1′ va S′2′ larda bo’ladi. Konusning gorizontal S′3′, S′4′ ocherk yasovchilari bilan N1 tekislikning kesishish nuqtalarini yasash uchun bu yasovchilarning frontal S″3″ va S″4″ proyeksiyalari bilan tekislikning H1v izi bilan kesishish nuqtalari S″ va D″ lar belgilab olinadi. Bu nuqtalardan proyeksion bog’lanish chiziqlari o’tkaziladi va ularning S′3′ , S′4′ yasovchilar bilan kesishgan nuqtalari C′ va D′ nuqtalar topiladi.
Kesimning oraliq nuqtalarini yasash uchun A″V″ kesmada ixtiyoriy E″≡F″ nuqtalar belgilab olinadi. Bu nuqtalar orqali S5,S6 yasovchilarning frontal proyeksiyalari o’tkaziladi, so’ngra ularning S′5′ va S′6′ gorizontal proyeksiyalari topiladi va ularda E′ va F′ nuqtalar belgilab olinadi. Shu tarzda yana bir necha nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari yasaladi.

Gorizontal proyeksiyada kesimning ko’rinishligi aniqlanib, kesish chizig’ining nuqtalari tekis egri chiziq bo’yicha tutashtiriladi.
8.10-shaklda sferaning N frontal proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishuvi tasvirlangan. Bu holda kesimning A″C″ frontal proyeksiyasi tekislikning NV frontal izi bilan ustma-ust tushadi. Kesimning gorizontal proyeksiyasi esa nuqtalarning sferaga tegishlilik shartiga ko’ra yasaladi. B va B1 nuqtalar sferaning ekvatoriga tegishli bo’lganligi uchun ularning B′ va B1′ gorizontal proyeksiyalari gorizontal proyeksiyaning ocherkida belgilab olinadi. A va C nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari A′ va S′ nuqtalar esa sfera bosh meridianining gorizontal proyeksiyasida yotadi.
Kesimga tegishli ixtiyoriy D va D1 nuqtalarning D′ va D1′ gorizontal proyeksiyalarini yasash uchun D″≡D1″ nuqta orqali gorizontal tekislikning NIV frontal izi o’tkaziladi. Bu tekislik sferani radiusi 0″1″ ga teng bo’lgan aylana bo’yicha kesadi. Bu aylanani gorizontal proyeksiyasida D′ va D′1 nuqta xosil qilinadi. Oraliqdagi boshqa ixtiyoriy nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari ham xuddi shunday yasaladi.