Strategiyani amalga oshirish uchun zarur informatsiya manbalari nima deyiladi? A)
bevosita va bilvosita
B)
rasmiy va norasmiy
*
V) ochiq va maxfiy
G) xamma javoblar to’g’ri
D) xamma javoblar noto’g’ri
8 - MAVZU. DIVERSIFIKATSIYАLANGAN KOMPANIYАLARNING STRATEGIK TAHLILI Vaziyatli masala - 1 1981 yilda "Daymond Interneyshnl" firmasidan Danielь K.Boyl ushbu
firmaning tuxumlar uchun karton upakovkalar ishlab chiqaruvchi zavodida "Klub 100"
ni tashkil qilish g’oyasini berdi (Palmer sh., Massachusets shtati). Ushbu firmaning
kadrlar xizmatining raxbari bo’lmish Boyl "qiyin" xodimlarga va mayda chuydi ish
nizolariga qancha vaqt ketishiga ajablanar edi. Bu borada "Klub 100" ning g’oyasi
kundan kunga qilishlari kerak bo’lgan ishlarni bajaruvchi xodimlarga etiborni qaratish
usulidan vujudga keldi.
Palmerdagi zavodda 300 kishi ishlar edi, ularning 25% qog’oz sanoatining
kasaba uyushmasi a’zolari edi.
Xodimlarning ma’naviy darajasi juda past edi. Bundan oldin o’tkazilgan
ko’zatishlar shuni ko’rsatdiki, ishchilarning 79% yaxshi qilingan ish uchun yetarli
bo’lmagan muqofot oladilar deb xisoblar edilar.
"Klub 100" g’oyasi qo’shimcha rag’batlantiruvchi to’lov sxemasini emas, balki
ball tizimi yordamida yaxshi xodimlarga kerakli etiborni qaratish rejasini ifodalar edi.
Bir yil ishga «progul» qilmasdan kelgani uchun 25 ball, bir yil tartibni bo’zmaganligi
uchun – 25 ball, bir yil kech qolmaganligi uchun – 25 ball. SHuningdek xavfsizlik
texnikasini yaxshilash, ishlab chiqarishni ko’paytirish va maxalliy axoliga xizmat
qilish bo’yicha berilgan takliflar uchun ishchilarga qo’shimcha ballar berilar edi.
100 ball yiqqan ishchilar firmaning belgisi bo’lgan va "Klub 100" yozuvi
bo’lgan neylon kurtka olishardi. 150 balldan yuqori ball yiqqan ishchilar katalog
bo’yicha firma xisobidan kichik sovg’alar olish xuquqiga ega edilar. Xar yilda
yig’ilgan ballarni ishlatmagan ishchilar ularni yig’ishlari va ballar 600 ga yetganda
qimmatli sovg’alar olish imkoniyatiga ega edilar (masalan, radio telefon).
"Klub 100" amalga kirgandan keyingi faqatgina bir yilda zavoddagi mexnat
unumdorligi 14,7 % ga oshdi. Keyinchalik u oshishni davom etaverdi. Rejani amalga
oshirishdan boshlab, keyingi ikki yilda ishchilarning ko’zatishlari shuni ko’rsatdiki,
ulardan 86 foizi raxbariyat ularning ishlarini axamiyatli deb xisoblashini sezishadi, 81
foizi esa firma ularni munosib baxolaydi deb bilishadi. "Klub 100" rejasi firmaning
boshqa zavodlarida amalga kirganidan keyin, "Daymond Fiberglass Prodakts"
bo’limida talab qilingan sifat darajasidan chetlanish miqdori 40% ga kamaydi, mexnat
unumdorligi esa 14,5% ga oshdi.
Nima uchun ishchilarga neylon kurtkalar va kichik sovg’alar yoqdi? Bu borada
Boyl shunday xikoyani aytar edi, bir ayol maxalliy bank kassiriga o’zining neylon
kurtkasi bilan maqtanib, degan edi: "Mening xo’jayinlarim buni menga yaxshi
ishlaganim uchun berishgan. Firmada 18 yildan beri ishlayotgan davrimda birinchi
marta meni oddiy xar kunlik ish uchun muqofotlashdilar". Bu yillar ichida bu ayol 200
114
ming doll. dan ko’p pul ishlab topdi, lekin uning oyligi u uchun uni tan olinishining
belgisi emas, balki sarflangan kuchining ekvivalenti bo’lib xisoblar edi.