Muhokama uchun savollar 1.
"Klub 100" g’oyasi ishchilarni motivatsiyalashda qanday ishlaydi?
2.
"Klub 100" g’oyasini tashqi va ichki muqofotlar nuqtai nazaridan taxlil qilib
chiqing.
Vaziyatli masala - 2 SLG kompaniyasi yangi maxsulot ishlab chiqardi va uni bozorga tadbiq qilish
uchun marketing tizimini to’zdi. SHuning uchun marketing bo’yicha bosh menejer
janob A. ga reklama firmalarining biri bilan ish yo’zasidan aloqalarini o’rnatish
yuqlatildi.
U taniqli “STAR” reklama agentligiga qo’ngiroq qildi va ular bilan oldindan
muloqot qilish maqsadida bironta mutaxassisni yuborishlarini kelishdi. Roppa-rosa
tayinlangan vaqtda CLG kompaniyasiga reklama bo’yicha menejer janob B. keldi. U
darxol sekretar-referentga murojaat qilib, o’z maqsadini aytdi. SHu payt sekretar-
referent faks jo’natayotgan edi. Telefon tarmog’i yaxshi ishlamayotganligi sababli faks
jo’nata olmayotgan edi. Janob B. ning qayta qilgan murojaatiga sekretar qo’pol javob
berdi: - Mening xabarim yo’q. Siz marketing bo’yicha menejerga murojaat qiling.
Janob B. marketing bo’limini qidirib ketdi. Oxiri kerakli xonani topdi. Stol
ortidan janob A. turib salomlashdi, janob B. ni o’tirishga taklif qildi va o’zi so’z
boshladi. So’zida u reklamaga ishonmasligini, reklamani qimmatligini, reklama
xarajatlari o’zini qoplamasligini, uning kompaniyasi o’z maxsulotini bozorga chiqarish
tizimini to’zishni xaligacha qaror qilmaganini aytdi. Janob B. ning o’z so’zlarini aniq
faktlar bilan tasdiqlash savoliga janob A. ishonchsiz va sayoz faktlarni o’zuq-yuluq
keltirdi. Janob B. janob A. ni jimgina eshitib bo’ldida va xayrlashib ketdi. O’zining
xisobotida u CLG kompaniyasining “STAR” reklama agentligi bilan xamkorlik qilish
xoxishi yo’qligini izxor qildi. Janob A. bo’lsa o’z navbatida o’zining boshlig’iga
“STAR” reklama agentligi bilan muloqotlar noaniq sabablarga asosan muvaffaqiyatsiz
o’tdi deb yetkazdi.