117
olib kelishini bilardilar. Uchchala tomon ham Pilsbury’ga
qarshi borganlari taqdirda
yuridik xizmatlarga ehtiyoj sezib qolishlarini bilib, bunday muammolarni hal etish
bo’yicha katta malakaga ega advokat Xovi Fagetuga murojaat qilishdi.
Xovi ham Ben va Djerri kabi antiqa shaxslardan edi.
Aytishlariga qaraganda, u
o’zining tashqi ko’rinishiga uncha etibor bermas, ba’zan yirtilgan poyafzal ham kiyib
yurardi. Haqiqatan ham, Pilsbury o’zini g’alati tutganligiga qo’shilib, u bu muammoga
o’z fikrini bayon etib xat yozadi.
Bu kabi hattig’harakatlarga qarshi chiqib, Pilsbury boshqaruv hay’atiga
quyidagicha xat yozadi: “Sizning kompaniyalarizdan bo’lgan Haägen Dazs
ma’muriyati Ben & Gerry kompaniyasini sindirib, uning o’sishini bo’g’ib, faoliyatini
to’xtatishni istagan ekan. Ben & Gerry – tadbirkorlik muvaffaqiyatining yahhol
namunasi va uning egalari kurashadilar. Haägen Dazs
bozorda mahsuloti bilan
raqobatlashishni o’rganishi kerak. Amerikacha biznes yuritishning asosi ham shunda,
aynan shu orqali raqobat mavjuddir.”
Ben & Gerry’ning haqligi ravshan bo’lsada, yuridik ustivorlik ular tomonda emas
edi. Agar Haägen Dazs kompaniyasini yuridik jihatdan yengolmas ekanlar, boshqa bir
qurolni ishga solishga qaror qildilar.
Dostları ilə paylaş: