Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

G’alabadan so’ng 
Ben & Gerry kompaniyasi faoliyati muvaffaqiyatli rivojlandi. Distribьyutorlar 
kanallari yanada kengaydi, firmaning mo’zqaymoqlari supermarketlar, baqqollar 
do’konlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish tarmog’i, shuningdek, 
kompaniyaning litsenziyaga ega yoki franchayzing do’konlari tarmog’i orqali sotila 
boshlandi. 1992 yilga kelib kompaniyaning tovar aylanmasi 130 mln. dollarga yetdi va 
u jahon bozoriga chiqishga tayyor edi. 
Ben & Gerry nomi va sifat bilan bog’liq yuqori obro’ kompaniyaga bozorda 
mavaffaqiyat keltirdi. Kompaniya asoschilari say’-harakati tufayli tashkiliy madaniyat 
va kompaniya vazifalari belgilab olindi. Kompaniyaning biznesga yondashishini 
belgilab beruvchi ikkita muhim hujjat ishlab chiqildi. 
1988 yil kompaniya: “Biz o’zaro barqarorliknig yangi korporativ tamoyillarini 
yaratib, hayotga tadbiq etmoqchimiz”,-deb elon qildi. Bu tamoyil kompaniyaning 
asosiy maqsadlarini belgilab beruvchi Filantropiya to’g’risida (Phylantropy Statement) 
va Dastur to’g’risida (Mission Statement) taqrizlarda qayd etilgan. 
Filantropiya to’g’risida taqriz 
 
Ben & Gerry kompaniyasi o’zining 7,5 % daromadini (soliq solinishidan oldingi) 
quyidagicha taqsimlaydi: kompaniya jamg’armasiga; Vermontdagi Community Action 
Teams xodimlariga; ijtimoiy rivojlantirish bo’limi bolig’i t’sis etgan korporativ 
grantlarga. Biz ijtimoiy o’zgarishlarga yo’naltirilgan loyihalarni; muammolarni hal 
qilishda ijodiy yondashuvni namoyon qiluvchi loyihalarni qo’llab quvvatlaymiz. 
Kompaniya jamg’armasini 8 kishidan iborat kengash boshqaradi. Kengash kam 
ta’minlangan oilalardagi bolalarga tegishli, atrof muhit bilan bog’liq masalar bilan 
shug’ullanadi. 
Dastur 
Ben & Gerry kompaniyasi o’zaro barqarorlikning yangi korporativ tamoyillarini 
ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etadi. Bizning vazifamiz uchta o’zaro bog’liq 
maqsadga erishishdan iborat: 
-
mahalliy sut mahsulotlaridan oliy sifatli mo’zqaymoy va ko’proq miqdorda 
qo’imchalarga boy mahsulot ishlab chiqarish, tarqatish va sotish; 
-
kompaniyani birinchi darajali vazifalarimizni bajarish maqsadida boshqarish: 
daromadning o’sishi uchun mustahkam moliyaviy asos yaratish, aktsionerlarimizning 
farovonligini oshirish, kompaniya xodimlari yuqori mansablarga erishishi va ularni 
iqtisodiy rag’batlantirish uchun imkoniyatlar yaratish; 
-
biznesning jamiyatdagi rolini hisobga olib, jamiyatning keng tabaqalarini 
mahalliy va xalqaro miqiyosda hayot darajasini oshirgan holda kompaniyani 
boshqarish. 
Savollar: 
1.
Mo’zqaymoq alohida tovar turi sifatida qanday asosiy xususiyatlarga ega? 
2.
Mo’zqaymoqning kutilayotgan afzalliklari nimada? 
3.
Ben & Gerry kompaniyasi tovarlarining qo’shimcha xislatlari qanday? 
4.
Eng qimmat mo’zqaymoq xayotiylik tsiklining qaysi bosqichida turibdi? 


119 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin